33
moslashishi, uchunchidan, korxona uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda
bozorni
faol shakllantirishi, tovar, servis, narx, sotish joyi hamda siljitish
vositalari orqali bozorga ta’sir qila olishi kerak.
Marketing faoliyatida belgilangan maqsad va vazifalar, tanlangan
strategiyalar, korxonaning bozordagi faoliyat yo‘nalishi marketingning
asosiy tamoyillari to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Marketing
tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi har qanday
korxona faoliyatining
asoslaridan biri “faqat bozorga kerak bo‘lgan, xaridor nimani talab qilsa,
shuni ishlab chiqarish” shiori hisoblanadi. Buning uchun korxonalar
quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishi lozim:
1) korxona faoliyatining yakuniy ko‘zlangan natijasiga erishish;
2) uzoq muddat davomida bozorning muayyan ulushini egallash;
3) tovarlarni samarali sotish;
4) samarali marketing strategiyasi va narx siyosatini tanlash;
5) korxonaning daromadli bo‘lishiga
imkon beradigan bozor
yangiliklarini yaratish;
6) potentsial xaridorlar talablariga yanada faol moslashish uchun
talabni o‘rganish maqsadida doimiy bozor tadqiqotlari olib borish;
7) belgilangan maqsadlarni korxonaning mavjud resurslari va
imkoniyatlariga mosligini ta’minlash uchun kompleks yondashuvdan
foydalanish;
8) korxonaning ishlab chiqarish liniyasi samaradorligini oshirishning
yangi usullarini izlash, innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha
xodimlarning
ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash;
9) mahsulot sifatini oshirish;
10) xarajatlarni kamaytirish;
11) kompaniya mahsulotlarini yakuniy iste'molchiga eng mos
keladigan hajmda, joy va vaqtda etkazib berishni tashkil etish;
12) jamiyatning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini kuzatish;
13) raqobatchilarga qarshi kurashda ustunlikka erishishni ta’minlash.
Marketing tamoyillariga amal qiladigan korxona o‘z imkoniyatlarini
bozor talablariga moslashtiradi. Ya’ni butun faoliyatini, tovar ishlab
chiqarish, sotish va sotuvdan keyingi servisni iste’molchilarga yo‘naltiradi.
Marketingning
asosiy
bosh
tamoyili
iste’molchilarga
yo‘naltirilganlik hisoblanadi. Aniq iste’molchilar muammosini samarali
yechimiga mo‘ljal olish marketingning bosh tamoyilidir. Bozor ma’lum
ehtiyojlarga ega iste’molchilardan tashkil topadi. Iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirish uchun ayirboshlash jarayonida ishtirok etishadi.
Marketingda iste’molchilar talablarini identifikasiyalashga asosiy e’tibor
34
qaratiladi. Korxona o‘zining barcha
tovarlarini xaridorlarning
muammolarini hal qilishda qay darajada yordam bera olishini hisobga
olishi lozim.
Aniq ko‘rsatilgan tijorat natijalariga qaratilganlik, ya’ni uzoq
maddatli maqsadlarning mavjudligi va ularga erishishga intilish. Bu
maqsadlarni
shakllantirib
marketing
faoliyatining
uchta
asosiy
komponentlari aniqlanadi: muddatlar, resurslar, javobgarlik. Bundan –
butun marketing vaziyatini uzoq muddatli prognozlashga yo‘naltirilganlik.
Sotish konsepsiyasini o‘rnatishda asosiy vazifa sotish hajmini qisqa
muddatli oshirish bo‘lsa, marketingga
qaratilganlik uzoq davrga
rejalashtirishni talab qiladi. Mazkur tamoyilni amalga oshirish
o‘zgaruvchan
vaziyatga
samarali
moslashish
mexanizmlaridan
foydalanishni nazarda tutadi. Shuning uchun tashqi muhitning nobarqaror
va dinamik sharoitlarida korxonaning rivojlanish imkonini ta’minlaydi.
Qo‘yilgan maqsadlarga erishishga kompleksli yondashuv, marketing
vositalarining umumiy yig’indisi bilangina muvaffaqiyat ta’minlanadi.
Marketing tadbirlari kompleks, ya’ni faqat marketing elementlari emas,
balki moliya, kadrlar masalasi va boshqa resurslar bilan tizimli
qo‘llanilishi komplekslilik anglatadi.
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo‘nalishini va korxonaning
boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi.
Hozirgi
sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili yuqorida aytilganidek,
muayyan iste’molchilarning muammolarini samarali hal qilishga
qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar
mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga
bog’liq. Bu yondashuv o‘z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va
rivojlantiriladi:
iste’molchiga yo‘naltirilganlik;
talabni prognozlash va shakllantirish;
qarorlarning kompleksliligi va ko‘p variantliligi;
qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u
berish va holatlarni
boshqarish;
istiqbolga yo‘naltirilganlik;
dasturli-maqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng tavsifli
belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to‘plami kengayishi yoki
torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil – to‘liq iste’molchiga yo‘naltirilish
– albatta mavjud bo‘ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma
tamoyillarning paydo bo‘lishi va shakllanishini belgilab beradi.