O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/212
Sana17.05.2024
Hajmi2,17 Mb.
#239950
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   212
Bog'liq
Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

Qisqacha xulosalar 
Marketing konsepsiyasining shakllanishiga ilmiy-texnik taraqqiyot, 
ularning tez sur’atlar bilan yangilanib turishi, ishlab chiqarishni samarali 
boshqarish va hokazolar katta ta’sir ko’rsatdi. Marketing evolyusiyasining 
birinchi bosqichi XX asrning boshidan 30-yillarning o’rtalarigacha, 
ikkinchi bosqichi esa 30 yillarning o’rtalaridan 80-yillarning 
o’rtalarigachani, uchinchi bosqichi esa 80-yillarning o’rtalaridan to hozirgi 
kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 
Marketing evolyusiyasining birinchi bosqichida ketma-ket ikki 
konsepsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni 
takomillashtirish konsepsiyalari. 
Marketing evalyusiyasining ikkinchi bosqichida tijorat faoliyatini 
jadallashtirish va marketingning umumiy konsepsiyalari (marketing-miks) 
vujudga keldi. Bu konsepsiyalarda asosiy e’tibor tovarni sotishga va 
iste’molchilarga qaratilgan. 
Hozirgi kunda marketing amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni 
hisobga olish zaruriyati ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasining 
(societal marketing) rivojlanishini keltirib chiqardi. Bugungi kunda atrof-
muhitning ifloslanishi, aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi 
marketingning ana shu konsepsiyasidan foydalanishni taqozo etadi. Bu 
konsepsiya firmaning foydaliligi, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish 
darajasi va jamiyat manfaatlari kabi uch omilning o’zaro uyg’unlikda 
bo’lishini talab qiladi. 
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib marketing 
nazariyasida ham bir qator o’zgarishlar ro’y berdi. XX asrning oxirida 
jamiyat hayotini axborotlashtirish, internetni keng kirib kelishi 
korxonalarning xaridorlar bilan bevosita munosabatda bo’lish imkoniyatini 
yaratdi. XXI asrning boshlarida esa marketing faoliyatiga ham raqamli 
texnologiyalar jadal sur’atlar bilan kirib keldi. Bu davrdan boshlab har bir 
iste’molchi bilan individual ishlash imkoniyatlari paydo bo’ldi. Ommaviy 
marketingdan alohidalashgan marketingga o’tish kuzatildi. 


31 
Marketing-miks — bu bozorning murakkabligi va harakatchanligiga 
mos keladigan ko’p o’lchamli marketing strategiyasini har xil birikmalar 
va bog’lanishlarda ishlab chiqishga imkon beradigan turli xil marketing 
qurollari to’plamidir. 

Download 2,17 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   212




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish