29
sifatidir. Hozir ham ko’pgina korxonalarda narx bo’yicha qarorlar faqat
moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinadi, ya’ni
xarajatlar va
rentabellikni
hisoblash
asosida
aniqlanadi.
Tovarlar
yetarlicha
differensiallanmagan va shu bilan birga raqobatchilar ko’p bo’lsa, bu
vaziyatda firmaning bozor ta’siri sust bo’lishi mumkin, va odatda,
bozordan kelib chiqadigan narx qabul qilinadi. Firma strategik marketingni
qo’llasa va buning natijasida bozorda kuchga ega bo’lib borsa, tabiiyki,
bunday holda firma uchun narxni belgilash jarayoni
tanlangan strategiya
uchun markaziy ahamiyatga ega bo’ladi.
Firma darajasida narx ikkilamchi rol o’ynashini unutmaslik kerak.
Bir tomondan, u talabni rag’batlantirish omili bo’lib hisoblanadi,
boshqa
tomondan esa bir vaqtning o’zida uzoq muddatli rentabellikning asosiy
qurolini ifodalaydi.