|
Marketingning asosiy funksiyalariBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand3.2. Marketingning asosiy funksiyalari.
Marketing funksiyasini korxonani boshqa funksiyalaridan farqi
shundan iboratki, marketing funksiyasi korxonalar, uning iste’molchilari,
mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil
etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyasi doimo
o‘zgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishi va yaratilishi,
rivojlanishida javobgarlikka egadir
11
.
Marketing
funktsiyasi
korxona
boshqaruvining
umumiy
funktsiyalari:
tashkil
etish,
rejalashtirish,
muvofiqlashtirish,
rag’batlantirish va nazorat qilish bilan bevosita bog’liq. Shu bilan birga
marketingning o‘ziga xos funktsiyalari: bozorni, iste'molchilarni va talabni
o‘rganish, tahlil qilish, prognozlash, marketing muhitini o‘rganish,
korxonaning mahsulot siyosatini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatishni
tashkil etish, narx siyosatini yuritish, sotishni tashkil etish, talabni qo‘llab-
quvvatlash hamda rag'batlantirish va boshqalar.
Marketing funksiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular
tovar siyosati, narxning hosil bo‘lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali
namoyon bo‘ladi. Bunda quyidagi savollarni yechish birinchi o‘rindagi
vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak?
Bozorning holati va korxonaning
kerakli mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha potensial imkoniyatlari
hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak?
Korxonaning maqsadli bozori va uning
talablari o‘rganiladi.
Qanday sotish kerak?
Marketing harakatlarining kompleksi ishlab
chiqiladi (assortiment, narx, o‘rash, sotish, reklama va hokazo).
Marketing funktsiyalari uning tamoyillaridan kelib chiqadi.
Marketingga oid ilmiy adabiyotlarda marketing funktsiyalarining quyidagi
turlari keltiriladi
12
:
|
| |