20
II BOB: MARKETING KONSEPSIYALARI VA ULARNING
EVOLYUSIYASI
2.1. Marketing konsepsiyalarining mazmuni.
2.2. Zamonaviy marketing konsepsiyalari, ularning
rivojlanish shart-
sharoitlari.
2.3. Marketing-miks va uning tarkibiy elementlari.
2.1. Marketing konsepsiyalarining mazmuni.
Marketing dunyo amaliyotida to’satdan paydo bo’lgan emas. U
ishlab chiqarishni va sotishni rivojlantirish uslublari,
maqsadlari va
vazifalariga menejerlarning ko’p yillik qarashlari natijasidir. Qadim o’tgan
zamonlarda etikdo’z o’z ustaxonasi peshtog’iga bir juft ta’mirlangan etikni
osib qo’yib, tovarni siljitishning ayrim uslublaridan foydalangan, zero
marketing konsepsiyasi ancha keyin paydo bo’lgan.
XVIII asrning
ikkinchi yarmida taniqli iqtisodchi Adam Smit o’zining “Jamiyat
boyliklari” asarida ishlab chiqaruvchining iste’molchining talabini
qondirishdan boshqa tashvishi yo’qdir - deb yozgan edi.
Marketing dastlab menejment doirasida
iqtisodiyotning alohida
tarmoqlari va iqtisodiyot nazariyasining sintezi sifatida rivojlanib bordi.
1940-1950 yillarda marketing menejment nazariyasi bilan birlashib, yangi
bozorga yo’naltirilgan boshqaruv nazariyasini (marketing menejmenti deb
ataldi) shakllantirdi. Sotish bilan bir qatorda iqtisodchilar bozorni batafsil
tahlil qilishni, so’ngra 1960-1970 yillarda iste’molchilar
bilan
munosabatlar va bozor segmentasiyasini qo’shdi. Keyinchalik mijozlarga
kredit
berish usullari, sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish va boshqalar
ishlab chiqildi.
Marketing rivojlanish tarixi shuni ko’rsatadiki,
marketing dastlab
ishlab chiqarish sohasida qo’llanildi. Shu jihatdan ham dastlab tovarlar
marketingi deb nomlandi. 1950 yillargacha marketing
ishlab chiqarishni
tashkil etish, tovar sifati, o’rami, tovarning ekspluatasion
xususiyatlariga
e’tibor qaratilgan. 1950 yillardan keyin marketing asta-sekinlik bilan
boshqa sohalarga ham kirib bordi 2.1-jadval.