14
iste’molchilarning talabining qondirilish darajasini o‘rganish to hozirgi
kungacha muammoligicha qolmoqda.
Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat
yaratish. Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy
maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal ta’minlash va iste’molchilarning
keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir
deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste’molchining talabiga to‘liq mos
keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko‘pchilik
mutaxassislar
marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati”ni
yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
1.
Tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;
2.
Mehnatga haq to‘lash darajasi;
3.
Madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo‘lib
hisoblanadi. Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli
turlarga bo‘lish mumkin. Shuningdek, korxonalarning iqtisodiy
ko‘rsatkichlari va ijtimoiy masalalarga
qaratilgan holda marketing
maqsadlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni mustahkamlashga qaratilgan maqsadlar:
foydaning hajmi;
sotilishlar hajmi;
bozor ulushining oshishi;
barqarorlikni ta’minlash;
xarajatlarni kamaytirish;
mehnat unumdorligi va boshqalar.
2. Korxonaning sifatiy maqsadlari, odatda, korxonaning obro‘-
e’tiborini oshirishga yo‘naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini
kuchaytirish yo‘nalishidagi maqsadlar:
mashhurlikni oshirish;
yuqori imijga erishish;
bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
ta’lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va
boshqalar.
Marketingning maqsadi korxona erishmoqchi bo‘lgan narsa, ya’ni
bozorning katta qismini egallash, bozor yetakchiligini qo‘lga kiritish,
sotish
hajmini oshirish, pirovardida foyda hajmini oshirishdan iborat.
Marketing vazifalari esa maqsadga erishishi uchun amalga oshirilishi
15
lozim bo‘lgan ishlardan iborat. Marketing vazifalariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Mavjud yoki potensial talabni aniqlash yo‘li bilan u yoki bu
mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.
2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining
nusxalarini
yaratish
bo‘yicha
ilmiy
tadqiqot
(IT)
va
tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.
3.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini
tartiblashtirish va rejalashtirish.
4. Servis ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va servis darajasini oshirib
borish.
5. Haqiqiy va potensial bozor holatini tadqiq qilish, tahlil qilish,
baholash va prognoz qilish.
6. Raqobatchilar faoliyatini tadqiq qilish.
7. Tovarlar (xizmatlar)ni sotishni yangi usullarini qo‘llash.
8. Assortiment siyosatini shakllantirish.
9. Korxonaning narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish.
10. Brendning bozordagi mavqyeini mustahkamlash.