16
marketing elementlari va tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarni egallashdan iborat.
Fanning maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni alohida ajratib
ko‘rsatish mumkin:
marketingning nazariy asoslari va tushunchalari;
marketing muhiti va uning tarkibiy qismlarini o‘rganish;
marketing axborot tizimlari va marketing tadqiqotlari;
tovar va xizmatlar bozorlarida iste’molchilar xulq-atvorining nazariy
asoslari;
bozor segmentasiyasi va mahsulotlarni pozisiyalashtirishning uslubiy
asoslari;
marketing tizimida tovar siyosati;
narxlashtirish va narx strategiyalari;
taqsimot tizimi va tovar harakati;
tovar va xizmatlarni siljitish;
marketingni boshqarish jarayoni, rejalashtirish va marketing nazorati;
marketing xizmati va xalqaro marketing
xususiyatlarini chuqur
o‘rganishdan iborat.
Fanning nazariy va uslubiy asoslarini iqtisodiyot nazariyasi tashkil
etadi. “Marketing asoslari” fani o‘rganish mikro va makroiqtisodiyot,
shuningdek, amaliy iqtisodiyotning barcha jihatlarini bilish imkonini
beradi.
Marketing asoslari – bu nafaqat iqtisodiy fan, balki ijtimoiy fan ham
hisoblanadi. Chunki marketing kishilarga, kishilar guruhlariga, jamoaga,
butun jamiyatga ta’sir qiladi. Marketing iqtisodiyot tarmoqlari bilan bir
qatorda, ijtimoiy sohalarda, jumladan, ta’lim, tibbiyot, sport kabi sohalarda
ham keng qo‘llaniladi. Marketing
insonlarning ijtimoiy mavqye, diniy
e’tiqodi, hayot tarzi, xulq-atvorini ham o‘rganishi nuqtai nazaridan ham
ijtimoiy fanlar qatoriga kiritiladi.
O‘zining fan sifatidagi deyarli yuz yildan ortiq tarixi davomida
marketing hozirgi vaqtga kelib iqtisodiyot sohasidagi bilimlarning
mantiqiy ketma-ketlik va tizimli xususiyatlariga ega bo‘ldi. XX asrning
oxiri va XIX asr boshlariga kelib iqtisodiy
fanlarning boshqa muhim
yo‘nalishlariga qaraganda marketingdan eng ko‘p sonli monografiyalar va
o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. Bu esa marketingning beqiyos amaliy
ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi. Marketing amaliyotchi-
iqtisodchilarni tovarlarni
ishlab chiqarish, siljitish va pirovard
iste’molchiga yetkazib berish bo‘yicha aniq qurollar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, marketing ilg’or ilm-fan yutuqlarini joriy etish uchun keng
17
imkoniyatlarga ham ega. U tadqiqotchi-iqtisodchilarga
marketing
faoliyatining yangi, qiziqarli algoritmlarini shakllantirishga imkon beradi.
Har bir fanning predmeti va o‘rganadigan obyekti bo‘lgani kabi
“Marketing asoslari” fanining ham predmeti va obyekti mavjud.
“Marketing asoslari” fanining predmeti nafaqat ishlab chiqarishni
takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishi, balki murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayonlarning muhim
maqsadi xaridorlar ehtiyoj va talablarini maksimal darajada qondirishdan
iboratdir. “Marketing asoslari” fanining predmetiga ijtimoiy-iqtisodiy va
texnologik jarayonlarning mikroiqtisodiy muammolaridan boshlab tor
moliyaviy doiradagi muammolargacha bo‘lgan masalalar kiradi.
Marketing asoslari ehtiyojlarni aniqlash va
ushbu ehtiyojlarga muvofiq
tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish, tovarlar sifatini oshirish va
takomillashtirish hamda shuning asosida korxonaning tijorat maqsadlariga
erishishni ta’minlaydigan ilm hisoblanadi.
Boshqa fanlar singari “Marketing asoslari” fanining ham o‘z
o‘rganadigan ob’yekti mavjud. “Marketing asoslari” fanining ob’yekti –
bu ehtiyoj va uni qondiradigan vositalar. “Marketing asoslari” fani dastlab
bozorda ehtiyojni o‘rganishdan boshlanadi. Shuning uchun ham ushbu
fanning ob’yekti ehtiyoj hisoblanadi. Ehtiyojni qondiradigan vositalar
tovarlar, xizmatlar, ishlar, g’oyalar, maslahatlar,
hududlar va boshqalar
hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pchilik mualliflar marketingning
ob’yektini tovar deb hisoblashadi. Chunki, marketingda barcha ob’yektlar,
xizmatlar, ishlar, g’oyalar, joylar, axborotlar “tovar” tushunchasiga
birlashtiriladi.
“Marketing asoslari” fanining eng muhim ob’yekti iste’mol tovarlari,
ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo‘ljallangan tovarlar, tovarlar bilan
bog’liq servis, ya’ni sotuvdan keyingi servis hisoblanadi.
Shunday qilib, “Marketing asoslari” fanining predmeti va ob’yekti
bozorda ehtiyojlarni o‘rganish, bozor muhitida aniq sharoitlarda ularni
qondirish imkoniyatlarini aniqlash, ehtiyojga mos tovar ishlab chiqarishni
tashkil etish, tovarlarni siljitish, yetkazib berish va sotishni rag’batlantirish
bilan bog’liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardir.