• Bozor (market)
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/212
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,17 Mb.
    #239950
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   212
    Bog'liq
    Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

    Ayirboshlash
    - bu taklif etib, taklif etilgan narsa o‘rniga kerakli 
    narsani olish harakatidir. 
    Xohish bo‘yicha ayirboshlashning amalga oshirilishi quyidagi 
    shartlarning bo‘lishini taqozo etadi: 
    1. Tomonlar eng kamida ikkita bo‘lishi kerak. 
    2. Ikkala tomonning har biri qarama-qarshi tomonni qiziqtiradigan, 
    talabini qondiradigan narsaga ega bo‘lishi kerak. 
    3. Har bir tomonning ayirboshlashni amalga oshirishi uchun istagi 
    bo‘lishi kerak. 
    4. Har bir tomon ikkinchi tomonning taklifini qabul qilishda va qabul 
    qilmaslikda erkin bo‘lishi kerak. 
    5. Har bir tomon o‘z tovarining kommunikasiyasini va yetkazib 
    berilishini ta’minlay bilishi kerak. 
    Agar ayirboshlash ilmiy fan sifatida marketingning asosiy 
    tushunchasi bo‘lsa, u holda marketing doirasining asosiy o‘lchov birligi 
    bitim hisoblanadi.
    Bitim
    - ikki tomon orasidagi savdo operasiyasi bo‘lib, u kamida ikki 
    subektning manfaatini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan, xaridor 
    do’konchiga besh ming so‘m berib, choynak xarid qiladi. Bitimlar ikki xil 
    bo‘ladi: pul bitimi va barter bitimi. Pul bitimida tovar pulga 
    ayirboshlanadi, barter bitimida esa tovar tovarga ayirboshlanadi. 
    Bozor (market)
    - sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida tovarni pulga 
    ayirboshlash munosabati. Ayirboshlash ob’yektining moddiy shakli 
    jihatidan olganda iste’mol tovarlari va xizmatlar, ishlab chiqarish 
    vositalari, investisiya, qimmatbaho qog’ozlar, ilmiy g’oyalar, texnikaviy 
    ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) bozorlari mavjud. Umuman olganda, 
    marketing tushunchasi u yoki bu yo‘sinda bozorga munosabati mavjud 
    bo‘lgan inson faoliyatidir. 


    12 
    Marketingni tashkil etish - bu bozorni o‘rganish, ishlab chiqish, 
    taqsimot va oldi-sotdi jarayonlarini amalga oshirish uchun tovarlarni 
    siljitish bo‘yicha faoliyat bo‘lib, uning yordamida korxonaning 
    maqsadlariga erishiladi va xaridorning ehtiyojlari qondiriladi. 
    Zamonaviy marketing - bu menejment falsafasi, bozor faoliyatining 
    metodologiyasi bo‘lib, uning asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va 
    mahsulot sotiladi. Korxonaning quyi tizimi sifatida marketingning asosi, 
    uning bozor faoliyatining dastlabki qoidalarini belgilaydigan tamoyillardir. 
    Bularga quyidagilar kiradi: 
    bozor holati va dinamikasini doimiy o‘rganish; 
    pirovard iste’molchilar talablari va imkoniyatlarini hisobga olgan 
    holda ishlab chiqarishni bozor sharoitiga moslashtirish; 
    korxona uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda bozorni faol 
    shakllantirish. 
    Marketing tamoyillariga muvofiq zamonaviy korxona xo‘jalik 
    faoliyatining barcha tomonlari bozor talablarini, iste’molchilarning 
    ehtiyojlarini hisobga olgan holda rejalashtirilishi va amalga oshirilishi 
    kerak. Aytish kerakki, zamonaviy korxonalarning ishlab chiqarish-sotish 
    faoliyati sohasidagi katta yutuqlari, ishlab chiqariladigan tovarlarning 
    xilma-xilligi va sifati, ularning sotish bozorlariga kirib borishi, 
    operasiyalar miqyosiga ko‘ra optimal bo‘lgan ishlab chiqarishni yaratish
    bularning hammasi marketingni qo‘llash natijasidir. 
    Raqobatchilar bilan keskin kurashda korxona boshqaruv tizimining 
    asosiy vazifasi uning faoliyati, strategiya va taktikasini bozorning va 
    iste’mol sohasining uzluksiz o‘zgarib turuvchi vaziyatiga iloji boricha 
    maksimal moslashtirishdan iborat. 
    Marketingning mazmuni quyidagi asosiy savdo-texnologik, logistik
    iqtisodiy va tijorat operasiyalarini o‘z ichiga oladi: 
    1. Aniq tovar (mahsulot)ni tegishli o‘ram, qadoq, brend bilan ishlab 
    chiqish va yaratish. 
    2. Tovarlarni taqsimot (sotish) kanallari, ulgurji savdo va chakana 
    savdo orqali bevosita xaridorlarga yetkazib berish. 
    3. Tovar ishlab chiqaruvchiga yetarli daromadni ta’minlaydigan va 
    xaridorning xarid quvvatiga mos keladigan narxni belgilash. 
    4. Tovar (mahsulot)ni siljitish, bunda tovar va korxona haqida ijobiy 
    fikrni yaratadigan asosiy element bo‘lib reklama hisoblanadi. 
    5. Tovarlarni sotish va iste’molchiga xizmat ko‘rsatish, sotuvdan 
    keyingi servisni yo‘lga qo‘yish.


    13 

    Download 2,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   212




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish