I BOB: MARKETING TUSHUNCHASI VA MARKETING




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/212
Sana17.05.2024
Hajmi2,17 Mb.
#239950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

I BOB: MARKETING TUSHUNCHASI VA MARKETING 
JARAYONI 
1.1. Marketing tushunchasi va marketingning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. 
1.2. Marketingning asosiy maqsad va vazifalari. 
1.3. Marketing asoslari fanining predmeti va ob’ekti. 
1.1. Marketing tushunchasi va marketingning ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati 
“Marketing” tushunchasi ilk bor XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo‘la boshlagan. “Marketing” atamasi 
inglizcha “market” (bozor) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bozordagi 
faoliyat, bozorni boshqarish degan ma’noni anglatadi. Marketing fan 
sifatida o‘zining bir asrdan ortiq tarixiga ega. Marketing va marketing 
faning tarixiga oid ayrim dalillar quyidagilardan iborat: 
1901-1902 yillarda AQShning Illinoys va Michigan universitetlarida 
birinchi marketing kurslari o‘qitila boshlangan. O‘qitilgan kurslar 
marketing faoliyatining asosiy usullari, ulgurji va chakana sotuvchilarning 
operatsiyalari, tovarlarni reklama qilishning tavsifini o‘z ichiga olgan. 
1908 yillarda birinchi tijorat marketing tadqiqot kompaniyasi tashkil 
etilgan. 
1911 yilda Amerikaning bir qator yirik kompaniyalari tashkiliy 
tuzilmasida marketing bo‘limlari paydo bo‘lgan. 
1923 yilda marketing va reklama birinchi milliy (AQSh) 
assotsiatsiyasi tuzildi, u 1937 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb 
nomlangan. 
1975 yilda SSSR Savdo-sanoat palatasida marketing bo‘limi tashkil 
etilgan. 
Hozirgi vaqtda marketing g'oyalarini ilgari surishda Yevropa 
marketing konfederatsiyasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish va marketing 
tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa jamiyati, Amerika, Yaponiya va boshqa 
milliy marketing assotsiatsiyalari faol rol o‘ynamoqda. 
Marketing - murakkab, dinamik, ko‘p qirrali tushunchadir. Bu esa 
marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan 
dalolatdir. So‘nggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda 
marketingning turli ta’riflari mavjud. Marketing bo‘yicha chop etilgan 
adabiyotlarning deyarli har bir muallifi marketingning mohiyati va 
konsepsiyasi haqidagi o‘z nazariyasini ilgari surib, marketingning o‘ziga 



xos va betakror ta’riflarini berishmoqda. Ulardan ba’zi birlarini keltirib 
o‘tamiz. 
F.Kotler va G.Armstrong "marketing" tushunchasini kompaniyalar 
va shaxslar o‘zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan qiymatni 
ayirboshlaydigan ijtimoiy jarayon sifatida ta’riflaydi. Kompaniyalar 
iste'molchilar uchun qiymat yaratadi (mahsulot yoki xizmat ko‘rinishida) 
va ular evaziga qiymat (foyda) olish uchun iste’molchilar bilan mustahkam 
aloqalarni rivojlantiradi (2010 yil)
2

F.Kotlerga ko‘ra marketingning ta'rifi ayirboshlash jarayoniga 
asoslanadi, yakuniy iste’molchi uchun mahsulot "qiymati" muhimligiga 
e’tibor qaratiladi.
Chartered Marketing Instituti (CIM) tomonidan berilgan ta’rifga 
ko‘ra marketing - foyda olish uchun iste'molchilar ehtiyojlarini aniqlash, 
prognozlash va qondirishni boshqarish jarayonidir (2012 yil).
Marketingning ushbu ta'rifida marketing nafaqat "iste'molchi nimani 
xohlashini aniqlash" jarayonini o‘z ichiga oladi. Balki "qoniqish" kabi 
qisqa muddatli jarayonlarga ham taalluqli ekanligi, shuningdek, 
"prognozlash, boshqacha aytganda, kelajakdagi ehtiyojlarni oldindan 
ko‘rish" orqali har qanday kompaniya foyda olishi ifodalangan.
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining (American Marketing 
Association) ta’rifiga ko‘ra marketing - bu yakuniy iste'molchilar uchun 
qiymatdorligi bo‘lgan kompaniya takliflarini yaratish, tarqatish va 
ayirboshlash faoliyati hamda jarayonlar to‘plamidir. 
Amerika marketing assotsiatsiyasining ushbu ta'rifi iste'molchi uchun 
qimmatdorlik yaratishga qaratilgan. 
Marketing - bu kompaniya mahsuloti qiymatini oshiradigan, xaridor 
va sotuvchi o‘rtasida foydali almashinuvga olib keladigan jarayondir. 
Mazkur ta’rif zamonaviy marketing nazariyasiga xos bo‘lib, 
mazmuniga ko‘ra qulay ayirboshlash natijasida xaridor mavjud ehtiyojini 
qondiradi, sotuvchi esa o‘z daromadini maksimal darajada oshiradi. 
Marketingning boshqa muhim zamonaviy ta’riflari quyidagi 1.1-jadvalda 
keltirilgan. 

Download 2,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB: MARKETING TUSHUNCHASI VA MARKETING

Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish