9
A.Maslou insonlarning motivatsiyasi nazariyasini shakllantirdi.
A.Maslou tomonidan tasniflangan ehtiyojlar eng ommabop hisoblanadi.
A.Maslou o‘z nazariyasida inson ko‘p ehtiyojlarga ega bo‘lishi
mumkinligi, ma'lum bir vaqtda individlarning xulq-atvori asosida
ehtiyojlar shakllanishini asoslab bergan.
A.Maslou muhimlik darajasiga ko‘ra ehtiyojlarni beshta guruhga
tasniflaydi
5
:
1) fiziologik ehtiyojlar - insonning tabiatiga ko‘ra oziq-ovqat, suv va
boshqa asosiy zaruriyatlarga bo‘lgan
ehtiyoji;
2) xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar - xavfsizlikka, barqarorlikka,
qo‘rquv, tashvish, tana va ruhiy jarohatlardan himoyalanishga bo‘lgan
ehtiyojlari;
3) aloqadorlik bilan bog’liq
ehtiyojlar - sevgi, mehr, insoniy iliqlik,
do‘stlik, oila davrasida bo‘lish ehtiyojlari;
4) hurmat bilan bog’liq ehtiyojlar - o‘z-o‘zini hurmat qilish,
mustaqillik, muvaffaqiyatga, maqomga, shon-shuhratga intilish ehtiyojlari;
5) hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog’liq bo‘lgan ehtiyojlar - o‘z
maqsadlariga erishish istagi, o‘sishga intilish, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarish, shaxs sifatida o‘zini o‘zi anglash va boshqalar.
Bu ehtiyojlar guruhlari barcha insonlar uchun umumiy bo‘lib, shartli
piramida sifatida tasvirlanishi mumkin bo‘lgan ierarxik tuzilmani tashkil
qiladi. Bu piramidaning negizida fiziologik ehtiyojlar, eng yuqorisida esa
insonning o‘zini o‘zi anglash ehtiyojlari bo‘ladi. Shunday qilib, inson o‘z
ehtiyojlarini
qondirar ekan, zinapoyaga o‘xshab, past darajadan yuqoriga
ko‘tariladi (1.1-rasm).
5
Carol Taylor PhD MSN RN, Carol Lillis MSN RN, Pamela Lynn MSN RN.
Fundamentals of Nursing. -
Eighth, North
American edition. - LWW, 2014-10-30. - 1816 p.