• Xohish (istak)
  • -rasm. A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/212
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,17 Mb.
    #239950
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
    Bog'liq
    Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

    1.1-rasm. A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi. 
    Muayyan lahzadagi shaxsning xatti-harakati hozirgi paytda eng 
    kuchli ifodalangan ehtiyojning ta'siri bilan belgilanadi. Quyi darajadagi 
    ehtiyojlar qanday qanoatlantirilishiga qarab, ehtiyojlarning yuqori guruhi 
    ustunlik qila boshlaydi. Shunday qilib, insonning xulq-atvoriga uning 
    qondirilmagan ehtiyojlari ta'sir qiladi. 
    Mahsulot yoki xizmat insonlarning salomatligi va xavfsizligi bilan 
    qanchalik bog'liq bo‘lsa (ehtiyojlar ierarxiyasining ikkinchi darajasi), uni 
    sotib olish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. 
    Bundan tashqari, A.Maslou quyidagilarni ta'kidlaydi: 
    1) inson yoshi ulg'aygan sari, unda ijtimoiy ehtiyojlar shunchalik 
    kuchli namoyon bo‘ladi; 
    2) aholining ayrim ijtimoiy qatlamlari va guruhlari hech qachon eng 
    past ehtiyojlarni qondirish darajasidan yuqoriga o‘tmaydi. Bu gurhdagi 
    insonlar faqat ularni qondirish uchun yashaydi. 
    Xohish (istak)
    - bu ehtiyojning aniqlashgan (konkretlashgan) 
    shaklidir. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj umumiy 
    bo‘lsa, olma mevasiga bo‘lgan ehtiyoj aniqlashtirilgan ehtiyojdir. Bir 
    mamlakatda yashovchi iste’molchilar ehtiyojlarini xilma-xil turdagi va 
    assortimentdagi tovarlarni sotib olish yo‘li bilan qondiradilar. 
    Talab
    - bu bozorda aks etgan, pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir 
    (uning bir qismidir). Talab hajmi ma’lum vaqt davomida va ma’lum narx 
    darajasida iste’molchi xarid qilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar va 


    11 
    xizmatlar miqdoridir. Talabning hajmi va tarkibi aholi tarkibi va zichligiga 
    hamda ularning daromadlariga bog’liqdir. Talab - bu bozorni 
    harakatlantiruvchi kuchdir desak xato qilmagan bo‘lamiz. 
    Tovar
    - bu iste’molchilarning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish 
    maqsadida bozorga sotib olish, foydalanish, iste’mol qilish uchun taklif 
    etilgan mehnat mahsulidir. Tovar - butun marketing faoliyatining asosidir. 
    Agar tovar iste’molchilarning talabini qondira olmasa, u holda hyech 
    qanday sotishni tashkil etish harakatlari, qo‘shimcha xarajatlar tovarning 
    va firmaning bozordagi pozisiyasini yaxshilay olmaydi. Marketingning 
    birinchi qat’iy qoidasi “Agar sizda tovar bo‘lmasa, sizda hech narsa 
    yo‘q”dan iboratdir. 

    Download 2,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi

    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish