21
3
1970 yillarning
oxiri
Moliya va bank sohasi (moliyaviy
marketing,
bank marketingi
4
1980 yillar
Siyosiy soha (siyosiy marketing)
5
1990 yillar
Ijtimoiy soha (ijtimoiy marketing, yashil
marketing)
6
2000
yil boshlarida
Internet-marketing, E-marketing, raqamli
marketing
An’anaviy marketing konsepsiyalari shuning uchun tovar ishlab
chiqarish hajmi, tannarxi, tovarning iste’mol xususiyatlarini yaxshilash,
tovarni sotishni jadallashtirishga qaratilgan.
Marketing konsepsiyasining shakllanishiga ilmiy-texnik taraqqiyot,
ularning tez sur’atlar
bilan yangilanib turishi, ishlab chiqarishni samarali
boshqarish va hokazolar katta ta’sir ko’rsatdi. Marketing evolyusiyasining
birinchi bosqichi XX asrning boshidan 30-yillarning o’rtalarigacha,
ikkinchi bosqichi esa 30 yillarning o’rtalaridan 80-yillarning
o’rtalarigachani, uchinchi bosqichi esa 80-yillarning o’rtalaridan to hozirgi
kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi
7
.
Marketing evolyusiyasining birinchi bosqichida ketma-ket ikki
konsepsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovarni
takomillashtirish konsepsiyalari.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasini (the production
concept)
qo’llash ikki holatda o’rinli bo’ladi.
Birinchisi, talab taklifdan
yuqori bo’lgan holatda. Bu holatda korxona rahbariyati asosiy e’tiborni
ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratadi. Ikkinchisi, tovarning tannarxi
yuqori bo’lganda, chunki uni kamaytirish uchun ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish talab etiladi. Demak, bu
konsepsiyada tovar ishlab
chiqarilsa bas, hyech qanday marketing tadbirlari qo’llanmasa ham
tovarning xaridorlarga sotilishi ta’minlanadi.
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasining (product concept)
mohiyati shundan iboratki, iste’molchilar yuqori sifatli, yaxshi
ekspluatasion xususiyatlarga va tavsiflarga ega bo’lgan tovarga nisbatan
hayrihoxlik bilan qaraydilar. Demak, firma yoki korxona boshqaruvchilari
tovar sifatini yaxshilashga, ekspluatasion xususiyatlarini oshirishga, o’rab-
joylash, baho va dizayn yordamida tovarning
xaridorgirligini oshirishga,
umuman bu tovarning sifati a’lo darajada ekanligiga iste’molchini
ishontirishga o’z kuch-qudratini sarflamog’i zarur. Boshqacha aytganda bu
konsepsiya “uzoqni ko’rolmaydigan marketing”ga olib kelishi mumkin.
7
Philip Kotler. Fundamentals of Marketing. Publishing House. “Williams”, 2007
22
Masalan, “O’zbekiston havo yo’llari” kompaniyasining rahbariyati
mijozlarga faqat samolyot kerak deb o’ylab, boshqa qulayliklar va
xizmatlarni tashkil etishni o’ylashmasa, u holda mijozlarini yo’qotib
qo’yishi ham mumkin.
Marketing evalyusiyasining ikkinchi bosqichida
tijorat faoliyatini
jadallashtirish va marketingning umumiy konsepsiyalari (marketing-miks)
vujudga keldi. Bu konsepsiyalarda asosiy e’tibor
tovarni sotishga va
iste’molchilarga qaratilgan.
Tijorat faoliyatini (sotishni) jadallashtirish konsepsiyasi (selling
concept)
tovarni siljitish, sotish va sotilishlarini rag’batlantirish sohasida
yetarli darajada, hatto agressiv harakatlar amalga oshirilmasa,
iste’molchilar korxonaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar –
deb hisoblaydi. Ko’pgina firmalar sotishda qiyinchiliklar tug’ilsa, ortiqcha
ishlab chiqarish belgilari ko’rina boshlasa, mazkur konsepsiyani mo’ljal
qiladilar. Bunday firma va kompaniyalarning
maqsadi - bozor talab
qilayotgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, balki ishlab chiqarilgan
tovarlarni sotishdan iboratdir.
Ko’pchilik hollarda tijorat faoliyatini jadallashtirish va marketing
konsepsiyalarini bir-biri bilan chalkashtiradilar. Marketing sohasi bo’yicha
yirik mutaxassis T.Levitt ularni bir-biridan quyidagicha farqlaydi: tijorat
faoliyatini jadallashtirish konsepsiyasi - bu diqqat-e’tiborni
sotuvchi
zaruriyatiga qaratish, marketing konsepsiyasi esa butun diqqat-e’tiborni
xaridorga qaratishdan iboratdir.
2.2-jadvalda bu ikki konsepsiya taqqoslanadi. Bu jadvalda keltirilgan
ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, tijorat faoliyatini jadallashtirish
va marketing konsepsiyalari e’tibor berilayotgan asosiy obyekt, maqsadga
erishish vositalari va nihoyat so’nggi maqsadlari bo’yicha bir-biridan
ma’lum darajada farq qilar ekan.