|
Mobil aloqa hizmatlari: so’zlashuv, mobil internet va pochta Pdf ko'rish
|
bet | 189/212 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,17 Mb. | | #239950 |
Bog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandMobil aloqa hizmatlari: so’zlashuv, mobil internet va pochta.
Mobil aloqa hizmatlari
–
mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning
so’zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi.
So’zlashuv
–
telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch
stansiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni
aniqlaydi. Shundan so’ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator)
yuborilib ikkita abonent bog’lanadi va ushbu abonentlar orasida so’zlashuv
(ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. Ya’ni ikkita harakatlanuvchi
abonentning mobil telefonlar orqali o’zaro muloqoti - so’zlashuvdir.
Mobil internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa
tarmoqlari orqali internet resurslaridan foydalanish texnologiyasidir. Mobil
aloqa tarmoqlarida so’rovlar va so’zlashish ma’lumotlari axborotlarning
paketli ko’rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga
oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish va bozor imkoniyatlarida
marketingni takomillashtirish imkoniyati yaratiladi. Mobil internetning
qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qayerda va qanday
holatda bo’lishidan qat’iy nazar u mobil aloqa tarmog’i orqali internet
xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Mobil internet
xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu
xizmat yoqtirilgan mobil telefon bo’lishi kerak.
Mobil pochta - internet resurslaridan foydalangan holda abonentning
mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish
imkoniyati hisoblanadi. Bunda internet tarmog’i yordamida oddiy elektron
pochta xizmatidan foydalanish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil
aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta
xizmatidan foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, o’qish va javob
yo’llash mumkin.
|
| |