• Mobil telefon va mobil aloqa muhiti.
  • Mobil aloqa xizmati operatorlari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet188/212
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,17 Mb.
    #239950
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212
    Bog'liq
    Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

     
    Mobil marketing
    - bu marketingning nisbatan yangi sohasi bo’lib, 
    mobil qurilmalar orqali kompaniya va mijozlar o’rtasidagi ikki tomonlama 
    marketing aloqalarini ta’minlaydi. Marketing kompaniyalarining yuqori 
    samaradorligi mobil qurilmalar bilan ishlatilganda yana ham ko’payadi. 
    An’anaviy ommaviy axborot vositalaridan ko’ra mobil qurilmalar orqali 
    tovarlar va xizmatlarni sotib olishlarni potensial mijozlar ko’proq xoxish 
    bildirmoqdalar.
    Mobil marketingning rijovlanishida aloqa vositalari va mobil aloqa 
    texnologiyalari ahamiyati yuqoridir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega:

    Mobil telefon va mobil aloqa muhiti; 

    Mobil aloqa xizmati operatorlari; 

    Mobil aloqa hizmatlari: so’zlashuv, mobil internet va pochta; 

    Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar; 

    Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS 
    va MMS; 

    Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. 
    Mobil telefon va mobil aloqa muhiti.
    Mobil telefon – mobil 
    aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi hisoblanadi. Hozirgi kunda, 
    mobil telefon klaviatura va ekranga hamda sensorga ega bo’lib asta-sekin 
    kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini 
    bajaruvchi ko’p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa 
    muhiti 
    – 
    tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat 
    bo’lib, abonentlarning bir-birlari bilan o’zaro axborot almashinuvini 
    ta’minlovchi texnik vositalar majmuasidir. Mobil aloqa tizimida barcha 
    ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to’lqinlari ko’rinishida 
    simsiz havo orqali uzatiladi.


    288 
    Mobil aloqa xizmati operatorlari. 
    Mobil aloqa xizmati operatorlari 
    – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi 
    firma yoki tashkilotlardir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan 
    foydalanish va xizmat ko’rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o’zining 
    mobil tarmog’ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab 
    chiqarish, xizmat to’lovlarini yig’ish va texnik xizmat ko’rsatish kabilar 
    kiradi. Hozirgi paytda O’zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori 
    xizmat ko’rsatmoqda, bular “Universal Mobile System” MCHJ QK – 
    UMS, “Unitel” MCHJ QK - Beelayn, “Coscom” MCHJ – Ucell, “Rubicon 
    wireless comunication” MCHJ – “Perfektum Mobile”, O’zbektelekom AK 
    – “Uzmobile”. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil 
    so’zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi xizmatlar ko’rsatilmoqda. 

    Download 2,17 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish