• Elektrotexnika ishlari bo‘limi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti




    Download 3,89 Mb.
    bet145/267
    Sana02.02.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #150578
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   267
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

    Buyumlarni ta’mirlash bo‘limi: Turli chokidan so‘kilgan buyumlarni ta’mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste’moldan chiqqan buyum o‘lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.
    Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi
    qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limi: o‘quvchilar qishloq xo‘jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o‘sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo‘llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo‘yiladigan agrotexnik talablar; o‘g‘itturlari, o‘g‘itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug‘larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug‘ va ko‘chat ekish usullari hamda mashinalari; g‘alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issixonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o‘lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko‘nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
    Elektrotexnika ishlari bo‘limi: o‘quvchilar elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish; elektr o‘tkazish simlarining turlari; elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o‘tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o‘rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog‘liq kasb-hunarlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   267




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti

    Download 3,89 Mb.