268
hajmni oshirishi va mahsulotni oʻrtacha xarajatini kamaytirshi mumkin.
Korxona bu imkoniyatdan voz kechadi, chunki bu qoʻshimcha ishlab
chiqarishni sotish uchun, naxni kesishga toʻgʻri keladi.
Monopolistik
raqobatchi uchun ortiqcha hajm bilan ish tutish unga koʻproq foydalidir.
Mukammal raqobat va Monopolistik raqobat oʻrtasidagi ikkinchi
farq bu narx va chekli xarajat oʻrtasidagi nisbatdir. Raqobatlashadigan
firma uchun, 13.4-rasmning (B) – chizmasida koʻrsatilganidek, narx
chekli xarajatlarga teng, Monopolistik
raqobatda esa narx chekli
xarajatlardan baland, chunki firma doim bozor hokimiyatiga ega
boʻladi.
Noʻllashgan foyda holati shuni bildiradiki, narx oʻrtacha xarajatga
tenglashgan, lekin mutlaqo chekli xarajatlarga ega emas. Haqiqatdan
ham
uzoq muddatli muvozanatda, Monopolistik raqobatdosh firmalar
oʻzining oʻrtacha xarajatlari egri chizigʻining kamayayotgan qismida
joylashadi, shunda chekli xarajatlar oʻrtacha xarajatlardan pastda
boʻladi.
Shungay qilib, narx oʻrtacha umumiy xarajatlarga teng boʻlishi
uchun, u chekli xarajatlardan yuqori bolishi kerak.
Tovar narxi va chekli xarajatlar oʻrtasidagi bunday nisbatlar
mukammal raqobatchilar va Monopolistik raqobatchilar orasidagi asosiy
farqdir. Tasavvur qiling siz menejerga quyidagi savolni berasiz: Siz,
hozir eshik ochilib, mahsulotingizni mazkur narxda sotib olish uchun
yana bitta xaridor kirib kelishini istaysizmi.
Mukammal raqobatdosh
firma menedjeri uni qoʻshimcha xaridorlar qiziqtirmasligini aytadi.
Chunki tovarning narxi chekli xarajatlarga teng boladi, qoʻshimcha
sotilgan bir-birlik tovardan tushgan daromad nolga teng. Aksincha,
Monopolistik raqobatdosh firma har doim yana bir xaridorga oʻch
boladi. Chunki uning narxi chekli xarajatlardan oshadi va qoʻhimcha
miqdor sotilishi foydani koʻpaytiradi. Bir tadqiqotchi aytganidek,
269
Monopolistik raqobatlashgan bozorlar sotuvchilari koʻproq
xaridorlarni
jalb qilish uchun ularga yangi yil tabriklarini tarqatishni unutmaydi.