314
mahsulotiga koʻra haq toʻlaydi. Ishlab chiqarish
resurslari xarajatlarini
toʻlagandan keyingi qolgan daromad korxona ixtiyorida qoladi va unga
korxona egalarining iqtisodiy foydasi deyiladi.
Mukammallashgan bozor nazariyasiga koʻra, mukammallashgan
bozorda ishlab chiqarish
omillari egalari korxonadan, shu korxonada
ishlatilgan omillari uchun olgan haqi,
shu omillarning chekli
mahsulotiga aniq teng boʻlsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng boʻladi
(agar masshtab samarasi oʻzgarmas boʻlsa).
Ma’lumki, korxonalar oʻz kapitaliga ega, shu sababli ular oʻz
kapitalini ishlatgani uchun foyda oladilar.
Shunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy
daromadlar hisoblanadi:
ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad
(foizlarda), kichik firmalar daromadi,
renta - er egalari daromadi, sof
foyda.