348
chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab
chiqarish ijtimoiy xarajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Q
bozor
da,
talab chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻidan past boʻladi. Shunday ekan,
alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan
pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi
mumkin? Bir yoʻli sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy
ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi boʻladi. Soliq oʻzining miqdorida
alyuminiy taklif chizigʻini yuqoriga koʻtaradi. Agar soliq atmosferaga
chiqarilgan tutunning tashqi xarajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif
chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻi bilan bir toʻgʻri chiziqda yotadi. Bozor
yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni
ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.
Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni oʻzlashtirish deb
nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni oʻz ishlari tashqi
ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar
odatda qancha alyuminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda
Muvozanat
Maqbul holat
Tashqi
xarajat
Taklif
(xususiy xarajat)
Talab
(xususiy qiymat)