350
Yana bir marta, hukumat bozor ishtirokchilarini tashqi ta’sirni
oʻzlashtirishiga undab bozor muvaffaqiyatsizligini toʻgʻriirlashi
mumkin. Ijobiy tashqi ta’sirlar holatidagi toʻgʻri javob, xuddi salbiy
tashqi ta’sirlar holatining teskarisi boʻladi. Bozor muvozanatini ijtimoiy
maqbul darajaga yaqinlashtirish uchun, ijobiy tashqi ta’sir subsidiya
kiritishni talab qiladi. Aslida ham, bu hukumatni amaldagi
siyosatining oʻzginasi: ta’lim davlat maktablari va hukumat grantlari
asosida subsidiya bilan ta’minlanadi.
Xulosa qilish uchun:
salbiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy
zaruriyatdan koʻproq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Ijobiy tashqi
ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan kamroq miqdorda ishlab
chiqarishga undaydi. Bu muammoni yechish uchun, hukumat salbiy
tashqi ta’sirli tovarlarga soliq solish va ijobiy tashqi ta’sirli tovarlarga
subsidiya berish orqali tashqi ta’sirlarning oʻzlashtirilishiga erishadi.