• Mandell-Flemingning Y-r modeli
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet330/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    Mandell-Fleming modeli
    kichik ochiq iqtisodiyot modeli boʻlib
    qayd qilingan va suzib yuruvchi valyuta kurslari sharoitida iqtisodiy 
    siyosatning turli koʻrinishlarini amalga oshirish natijalarini baholash 
    maqsadida qoʻllaniladi. 
    Mandell-Fleming modeli milliy iqtisodiyotning jahon bozoridagi 
    hissasi kichik va shu sababli uni rivojlantirishning asosiy parametrlari 
    jahon bozori tomonidan, ya’ni tashqaridan belgilab beriladi degan 
    shartga asoslanadi. 


    632 
    Bu model XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan boʻlib
    baholarning barqarorligini koʻzda tutadi va yalpi daromadning 
    tebranishlari sabablarini tushuntirib beradi.
    Bu modelga koʻra iqtisodiyotning amal qilishi valyutalarning 
    almashinuv kursi tizimiga bogʻliq. 
    Mandell-Fleming modeli uchta tenglamani oʻz ichiga oladi: 
    1)
    Y+C(Y-T)+I(r)+G+X
    n
    (e), IS; 
    2)
    M/P=L(r,Y),LM; 
    3)
    r = r*. 
    Birinchi tenglama – tovar bozorini, ikkinchi tenglama – pul 
    bozorini, uchinchi tenglama esa ichki foiz stavkasi (r) jahon foiz 
    stavkasi ( r*) darajasi bilan belgilanishini anglatadi. 
    Modelda uchta endogen oʻzgaruvchilar: Y, r va e mavjud. 
    R LM 
    r = r* 
    IS(e) 

    32.3-chizma. 
    Mandell-Flemingning 
    Y-r
     modeli 
    Modelni tasvirlash uchun ikkita grafik tuzish taklif etiladi. Har bir 
    grafikda oʻzgaruvchi miqdorlardan bittasi konstanta deb olinadi va tahlil 
    ikki oʻzgaruvchining aloqadorligi boʻyicha oʻtkaziladi. Mandell-
    Flemingning 
    Y-r
    modeli 32.3-chizmada tasvirlangan. Cxizmadan 
    koʻrinib turibdiki IS egri chizigʻi quyiga, LM egri chizigʻi esa yuqoriga 
    yoʻnalgan. Gorizontal liniya jahon foiz stavkasini ifodalaydi. 
    Grafik ikki xususiyatga ega. 
    1.
    IS egri chizigʻining holati almashinuv kursining darajasiga 
    bogʻliq. Almashinuv kursining koʻtarilishi egri chiziqni chapga siljitadi. 
    2.
    Barcha uch egri chiziq bir nuqtada kesishadi. 


    633 
    Lekin bu uch egri chiziq bir nuqtada kesishmaydi deb tasavvur 
    qilish mumkin(32.4-chizma). 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish