630
kelishini ragʻbatlantiradi. Natijada toʻlov balansi qoldigʻi (VV egri
chizigʻining S nuqtasida) 0ga tenglashadi.
Aynan tashqi balansga erishish maqsadida G va R oʻzgarishlarining
ana shunday kombinatsiyasi mavjudligi VV egri chizigʻining ijobiy
egilishini aks ettiradi.
VV egri chizigʻidan pastda va oʻngda joylashgan nuqtalar toʻlov
balansi taqchilligini aks ettiradi. VV egri chizigʻidan yuqorida va chapda
joylashgan har qanday nuqta toʻlov balansining, qat’iy byudjet-soliq va
pul-kredit siyosati bilan ta’minlanadigan ijobiy (musbat) qoldigʻini aks
ettiradi.
Toʻliq
bandlilik, potensial ishlab chiqarish hajmi va inflyatsiya
jarayonlarining mavjud emasligi bilan
xarakterlanadigan ichki
muvozanatni 32.2-chizma koʻrinishida tasvirlash mumkin.
R Y