69
giyohvandlar narxlar oshganda odatlaridan voz kechadi, bu degani
bunday moddalarga boʻlgan talab elastik emas.
Agar talab elastik boʻlmasa, giyohvand moddalar bozoridagi
umumiy daromad koʻtariladi. Chunki giyohvand moddalardan
foydalanishga nisbatan narx ancha koʻtarilgan boʻladi. Bu esa
giyohvandlar toʻlaydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar
oʻzlarining ehtiyojini qondirish maqsadida oʻgʻirlik qilishga ham toʻgʻri
keladi, ularga avvalgidan ham koʻproq pul zarur boʻladi. Demak,
giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini
oshiradi.
Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutaxassislar
muqobil yechimini topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar
taklifini qisqartirgandan koʻra, siyosatchilari giyohvand moddalar
haqida ta’lim berish orqali ularga boʻlgan talabni qisqartirishga harakat