70
qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada
koʻrsatilgan.
Talab egri chizigʻi chapga D
1
dan D
2
ga surilgan.
Natijada
muvozanat miqdori Q
1
dan Q
2
ga
va muvozanat narx esa P
1
dan P
2
ga
tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib,
giyohvand
moddalar kirishini toʻxtatishdan farqli oʻlaroq, ta’lim ham ulardan
foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar
sonini kamaytirishni
ta’minlaydi.
Giyohvand moddalarni toʻxtatish tarafdorlari siyosatning uzoq
muddatli ta’siri qisqa muddatliligidan koʻra farqli deb hisoblaydi, chunki
talab elastikligi vaqtga bogʻliq. Talab qisqa muddatda elastik boʻlmasligi
mumkin, chunki ogʻuga oʻrganib qolganlarga narxning koʻtarilishi ta’sir
etmaydi. Lekin vaqt oʻtgan sari talab elastik boʻlib
boraveradi, chunki
yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab koʻrishdan qaytaradi va
vaqt oʻtgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi.
Bunday
holatda, giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati qisqa muddatda ularga
doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi.