90
oʻylamasliklari mumkin, chunki ular xaridorlarni sotib olishga
undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi.
Misol uchun giyohvandlar geroin sotib olish uchun yuqori narx
toʻlashga tayyor. Giyohvandlar geroin uchun past narx toʻlaganliklari
uchun foyda koʻrishmaydi. Jamiyat nuqtayi nazaridan bu holatdagi
toʻlash istagi xaridorlar foydasining yaxshi oʻlchovi emas va iste’molchi
ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikning oʻlchovi emas, chunki giyohvandlar
oʻz farovonliklari haqida qaygʻurishmaydi.
Koʻp bozorlarda iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikni
ifodalamaydi. Iqtisodchilarning ishontirishicha xaridorlar ongli ravishda
qaror qabul qilishadi. Ongli odamlar oʻz maqsadlariga erishish uchun
qoʻllaridan kelgancha harakat qilishadi. Iqtisodchilar yana odamlarning
xohishlari hisobga olinishi kerakligini ta’kidlashadi. Bu holatda sotib
olayotgan tovardan qanchalik foyda koʻrishayotganini koʻrsatuvchi eng
yaxshi hukm chiqaruvchi xaridorlar hisoblanadilar.