92
Bu ishni olganidan Grendma qanday foyda koʻradi? Bu ish uchun
500$ sarflasa va ish uchun 600$ olsa, u holda xizmatchi 100$ ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligiga ega boʻladi. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
ish uchun olingan narx ayiruv tannarxga teng. Ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligi sotuvchining bozordagi ishtirokidan olinayotgan foydani
hisoblaydi.
Endi ikkita har xil misolni koʻrib chiqamiz. Faraz qiling siz ikkita
uyni ta’mirlashingiz kerak. Yana ishni 4 kishiga taklif qilasiz. Hech
qaysi xizmatchi ikkala uyni ta’mirlash imkoniga ega emas deb
hisoblaylik. Narx ikkita talabgor qolguncha pasayaveradi. Bu holda
tanlov ish uchun har biri $800 (yoki ozgina pastroq) taklif qilayotgan
Jorjiya va Grendma oʻrtasida toʻxtaydi. Jorjiya va Grendma ishni shu
narxga bajarishga tayyor, lekin Mariya va Frida narxni tushirishni
xohlashmaydi. $800 narxda Grendma $300 va Jorjiya $200 ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligiga ega boʻladi. Bozordagi umumiy ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligi bu holatda $500 ni tashkil etadi.