107
Birinchi
jadvalda
iste’molchining yuqorida aytib oʻtilgan
mahsulotlardan qay usullarda xarid qilishi mumkinligini hisoblovchi
kombinatsiyalardan biri koʻrsatilgan. Birinchi jadval shuni koʻrsatadiki,
agar iste’molchi hamma pulini pitsaga sarflasa u 100 ta pitsa xarid
qilishi va birorta ham Pepsi ololmasligi mumkin. Ikkinchi qatorda
boshqacha variant: 90 ta pitsa va 50 dona Pepsi, va hokazo. Har bir
chiqim summasi 1000$ni tashkil etadi. Birinchi jadvaldagi grafik
iste’molchi tanlashi mumkin boʻlgan “toʻplam”larga misol boʻladi.
Vertical chiziq Pepsining miqdorini oʻlchasa, gorizontali esa pitsaning
donasini ifodalamoqda. Grafikda uchta nuqta keltirilgan. A nuqtada,
iste’molchi faqat 100 ta pitsa oladi, ammo Pepsi olmaydi, B nuqtada u
pitsa xarid qilmaydi, lekin, 500 ta Pepsi sotib oladi, A va B
nuqtalarining oʻrtasi boʻlmish C nuqtada iste’molchi har ikkalasigayam
teng ravishda 500 $ dan pul sarflashi tasvirlangan. Bunda u 50ta pitsa va
250 ta Pepsi iste’mol qila oladi. Yuqorida aytib oʻtilganlar koʻplab
kombinatsiyalardan uchtasi edi, xolos. A nuqtadan B nuqtagacha
boʻlgan har bir variant bizga toʻgʻri kela oladi. Xarajatlar sigʻimi deb
ataluvchi ushbu chiziq bizga iste’molchining qurbi yetadigan iste’mol
“guruh”larini koʻrsatib beradi. Shu bilan iste’molchi xarid qilishi
mumkin boʻlgan Pepsi va pitsa miqdorlarini jadvallar yordamida
oʻrganib chiqdik.
Byudjet sigʻimi egri chizigʻi iste’molchining bir tovarning
boshqasiga nisbatan xarid qila olish imkoniyatini narxlar mutanosibligi
orqali oʻlchashda ishlatiladi.