108
qoling. Pitsa Pepsidan besh marta qimmat, shuning uchun pitsa olish
ehtimolligi Pepsiga qaraganda besh marta past. Bozor ite’molchiga
quyidagicha tanlovni taklif qila oladi: bitta pitsaga beshta Pepsi.
7.2. Tanlov: iste’molchi nimani xohlaydi
Bu boʻlimdagi maqsadimiz iste’molchi qanday qilib tanlovni amalga
oshirishini oʻrganish. Byudjet sigʻimi analizning bir qismidir: bu
iste’molchining daromadiga qarab qanday tovarlarga qurbi yetishining
kombinatsiyasini koʻrsatadi. Iste’molchining tanlovi nafaqat uning
moliyaviy ahvoliga, balki, uning tanloviga ham bogʻliq. Shunday qilib,
iste’molchi tanlovi bizning keyingi oʻrganish obyektimiz boʻladi.
Tanlovni befarqlik chizigʻi orqali ifodalash
Iste’molchining tanlovi unga Pepsi va pitsa kombinatsiyalaridan
birini tanlash imkonini beradi. Agar biz unga ikki turdagi variantni
koʻrsatsak, u oʻziga mosrogʻini tanlaydi. Agar koʻrsatilgan ikki variant
unga teng ma’qul boʻlsa, iste’molchi ikkkalasini ham birdek qabul
qiladi.
Biz hozir iste’molchining byudjet sigʻimini grafik koʻrinishida
tasvirlaymiz, shuningdek, uning tanlovini ham grafikda ifodalashimiz
mumkin. Buni befarqlik egri chiziqlaridan foydalanib amalga oshiramiz.
Befarqlik egri chizigʻi
iste’molchini birdek xursand qila oladigan
variantlarni taqdim etadi. Shu tufayli befarqlik egri chizigʻi doim
iste’molchini qoniqtira oladigan takliflar kiritadi.
Ikkinchi chizma iste’molchining befarqlik egri chiziqlaridan
ikkitasini oʻzida aks ettirgan. Iste’molchiga