2. Koeffitsiyentlar usuli. Ba’zi hollarda yoppasiga kuzatish ma’lumotlari tanlanma usuli bilan tekshirib ko‘riladi va unga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Masalan, tuman aholisidagi qoramollarning soni ho‘jalik daftariga asosan N ta bo‘lsin. Buni tekshirib ko‘rish uchun tumanning ayrim joylarida nazorat tekshirishlar o‘tkaziladi. Nazorat tekshirishlar ko‘rsatadiki, bu joylarda aholidagi qoramollarning soni ho‘jalik daftarlari bo‘yicha n ta bo‘lib, haqiqatda n ta ekan. U holda tuman aholisidagi qoramollarning umumiy soni ushbu k q n / n koeffitsiyentga binoan tuzatiladi, ya’ni:
Misol uchun tekshirish o‘tkazilayotgan tuman aholisidagi sigirlarning soni ho‘jalik daftarlari bo‘yicha N = 8000 ta bo‘lib, nazorat tekshirishlar natijasida aniqlanadiki, n = 400, n = 402. U holda tuzatish koeffitsiyenti k = 402 : 400 - 1,005; sigirlar soni:
N = kN = 1,005 * 8000 = 8040 bosh bo‘ladi.
Demak, tuman aholisidagi sigirlarning soni ho‘jalik daftarlaridagiga nisbatan haqiqatda 40 boshga ko‘p.
9.6. Gipotezalarni statistik tekshirish asoslari
Gipoteza tushunchasining lug‘aviy mazmuni shundan iboratki, u grekcha hupothesig - asos, faraz so‘zidan olingan bo‘lib, biror hodisa haqida oldindan bildiriladigan, tajribada tekshirish va nazariy asoslanish talab qiluvchi ilmiy taxminni anglatadi.
Statistik gipoteza tanlanma ma’lumotlari asosida tekshirish mumkin bo‘lgan bosh to‘plam xossasi haqida oldindan aytilgan ilmiy taxmindir.
Statistik gipoteza deb tanlanma ma’lumotlariga asoslanib tekshirish mumkin bo‘lgan bosh to‘plam xossasi haqidagi taxminga aytiladi. U lotincha N harfi bilan odatda belgilanadi. Masalan, bosh to‘plam o‘rtacha ko‘rsatkichi biror miqdorga teng yoki undan katta yoki undan kichik yoki teng emas deb faraz qilish mumkin.
Bosh to‘plamning miqdoriy belgilari (parametrlari) haqidagi statistik taxminlar parametrik gipotezalar, uning taqsimotlari haqidagi farazlar noparametrik gipotezalar deb yuritiladi. Tanlanma ma’lumotlariga asoslanib bosh to‘plam xossalari haqidagi statistik xulosa chiqarishda ko‘pincha nol - gipoteza ishlatiladi.
|