O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




Download 7,16 Mb.
bet130/275
Sana19.09.2020
Hajmi7,16 Mb.
#11452
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   275



Nol-gipoteza - ikkita to‘plam taqqoslanadigan belgilariga qarab bir biridan farq qilmaydi deb aytilgan taxmindir:

Bir yoki bir nechta belgilariga qarab taqqoslanayotgan ikkita to‘plam bir biridan tafovut qilmaydi deb bildirilgan taxmin nol-gipoteza deb ataladi. Shu bilan birga faraz qilinadiki, solishtirilayotgan miqdorlar aslida birday bo‘lib, bir biridan farq qilmaydi, ammo tajribada tanlanma tekshirish natijasida olingan qiymatlari o‘rtasidagi tafovut tasodifiy xarakterga ega. Masalan,

Demak, nol-gipoteza zaminida to‘plamlar o‘rtasida muntazam farqlar bo‘lishi yoki bir belgi ikkinchisiga muntazam ta’sir etishi uchun obyektiv sabablar yo‘q degan mulohaza yotadi.




Muqobil gipoteza - bu taqqoslanayotgan ikkita to‘plam ko‘rsatkichlari orasida muhim farq mavjud deb aytilgan taxmin.

Nol-gipoteza mantiqqa zid xususiyatga ega. Uning ajoyib jihati shundaki, u o‘z mohiyatiga butunlay qarama-qarshi fikrni - muqobil gipotezani tekshirish uchun xizmat qiladi.

Nol-gipoteza haqqoniy bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham tanlanma bo‘yicha olingan natija ehtimoli kichik bo‘lsa, u tasodifiyat girdobidan chiqmasa, muayyan nol-gipoteza inkor qilinib, muqobil gipoteza N1 qabul qilinadi, ya’ni deb hisoblanadi.

Nol-gipoteza inkor qilinishiga olib keladigan tanlanma bo‘yicha aniqlangan natija bo‘lishi mumkin emasligi yoki kam ehtimolligini belgilovchi chegara mohiyatligi odatda  = 0,05, ya’ni 5% yoki 0,01 yoki 0,001 deb hisoblanadi. Agarda «uch sigma» qoidasiga binoan ish tutilsa, xato ehtimoliy muhimlik darajasi  = 0,0027 teng bo‘lishi kerak. Ammo mazkur daraja uchun mezon qiymatlari kamdan-kam aniqlanadi: odatda ular 0,05; 0,01; 0,001 xato ehtimolliklari uchun hisoblanib, statistik - matematik jadvallarda keltiriladi.



Download 7,16 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   275




Download 7,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

Download 7,16 Mb.