10.9.1. Ko‘p omilli regressiyaning chiziqsiz tenglamalarini aniqlash Bu tenglamalar turli chiziqsiz ko‘p o‘lchovli funksiyalar shaklida tuziladi, parametrlari esa kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlanadi. Ular maxsus korrelyatsiya-regressiya tahliliga bag‘ishlangan adabiyotlarda yoritilgan.
10.10. Ko‘p o‘lchovli va xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentlari Ko‘p omilli regressiya tenglamasini baholash natijaviy belgi (y) bilan omillar (x1, x2, ....., xk) o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishning kuchini o‘lchash va tenglamaga kiritilgan barcha omillarning mohiyatli yoki mohiyatsizligini aniqlashdan iborat. Korrelyatsion bog‘lanishning kuchini o‘lchashda natijaviy belgining umumiy omillar va qoldiq dispersiyalaridan foydalaniladi.