Mavsumiy tebranishlarni o‘rganish usullari




Download 7,16 Mb.
bet230/275
Sana19.09.2020
Hajmi7,16 Mb.
#11452
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   275

11.8. Mavsumiy tebranishlarni o‘rganish usullari

Mavsumlik bu ayrim fasl va oylarda ko‘p yillik qatorlarda muntazam ravishda kuzatiladigan barqaror tebranishlardir.

Mavsumiylik deganda, ayrim fasl va oylarda hodisa va jarayonlarning ko‘p yillik dinamikasida muntazam ravishda yuzaga chiqadigan barqaror tebranuvchanlik tushuniladi.

Statistikada mavsumiy tebranishlarni o‘rganish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

-qator darajalarida kuzatiladigan mavsumiy tebranishlarini yaqqollashtirib tasvirlash va o‘lchash;

-mavsumiylik ta’siridan ko‘rsatkichlarni tozalab, ularning oyma-oy, davrma-davr o‘zgarishlarini sof holda o‘lchash va amaliy masalalarini yechishda foydalanish;

-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini belgilashda mavsumiy tebranishlarni hisobga olib tegishli ko‘rsatkichlarni aniqlash.

Mavsumiy to‘lqinni aniqlash va o‘lchash uchun statistika bisotida bir nechta usullar mavjud. Ular ichida eng soddasi mavsumlik indekslarini tuzishdir. Buning uchun yillik o‘rtacha daraja hisoblab, u bilan ayrim oy yoki chorak yil darajalari taqqoslanadi, ya’ni



(11.16)

Mavsumlik indekslarni hisoblash dinamika qatorlarida kuzatiladigan mavsumiy tebranishlarni baholash masalasining bir tomonidir. Uning ikkinchi tarafi darajalarning umumiy o‘zgaruvchanligi shakllanishida mavsumiy to‘lqinlar rolini aniqlashdan iborat. Bu esa umumiy o‘zgaruvchanlik darajasini tasodifiy tebranish, trend va mavsumiy to‘lqinlar hissasiga taqsimlash masalasini tug‘diradi. Uni dispersion tahlil yordamida yechish mumkin. Bunday tahlil bosqichma-bosqich quyidagi tartibda amalga oshiriladi:



  1. barcha yillar uchun oylik yoki choraklik ma’lumotlar asosida trend tenglamasi yoki ko‘p darajalardan sirg‘anchiq o‘rtacha hisoblab, ular asosida tekislangan darajalar aniqlanadi: - bu yerda yil tartib soni, «mavsum» (oy, chorak va h.k) tartib soni;

  2. har bir haqiqiy darajani tegishli tekislangan darajaga bo‘lib, mavsumlik indekslari hisoblanadi;

  3. har bir oy yoki chorak uchun o‘rtacha yillik mavsumlik indekslari topiladi:

  4. bu yerda:m - yillar soni;

  5. tegishli oylar yoki choraklar uchun tekislangan darajalar o‘rtacha mavsumlik indekslariga ko‘paytiriladi va natijada mavsumiy to‘lqinni hisobga oladigan tekislangan darajalar hosil bo‘ladi:



  1. mavsumiy to‘lqin ta’siri ostida vujudga keladigan tafovutlar va ularning kvadratlari hisoblanadi:



  1. tasodifiy tebranish hisobiga vujudga kelgan tafovutlar va ularning kvadratlari aniqlanadi;



  1. trend hisobiga vujudga kelgan tafovutlar va ularning kvadratlari hisoblanadi:



  1. va nihoyat, umumiy tafovutlar va ularning kvadratlari topiladi:

Tafovutlar muhimligi Fisher F - mezoni yordamida tekshiriladi.



Download 7,16 Mb.
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   275




Download 7,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavsumiy tebranishlarni o‘rganish usullari

Download 7,16 Mb.