O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana26.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#106016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

KIRISH 
 
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Milliy iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirishda zamonaviy ilg‗or texnika va texnologiyalar asosida ishlab 
chiqarishni tashkil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifani samarali hal 
etish uchun esa iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish talab qilinadi.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ushbu vazifalarning 
mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti uchun nechog‗lik muhim ahamiyat kasb 
etishini quyidagicha ta‘kidlagandilar: ―Bir oddiy haqiqatni yaxshi tushinib olish 
kerakki, O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kirib kelayotgan sarmoyalar oqimi har bir kishi, umuman, jamiyat hayoti uchun 
suv va havodek zarur‖
1
. 2016-yilda O‗zbekistonda YaIM 2015-yilga nisbatan 7,8 
foizga o‗sdi. Sanoat mahsuloti hajmlari — 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari — 
12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi — 14,4 foizga, xizmatlar — 12,5 foizga 
o‗sdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit 
bilan ijro etildi.
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta‘minlandi. Inflyatsiya 
darajasi prognoz parametrlaridan oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi. Milliy 
iqtisodiyotga 2016-yil 16,6 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2015 yilga 
nisbatan 9,6 foizga ko‗p investitsiyalar yo‗naltirildi. O‗zlashtirilgan xorijiy 
investitsiyalar va kreditlar hajmi 11,3 foizga o‗sdi va 3,7 milliard dollardan oshib 
ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bo‗lgan 164 ta yirik investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish yakunlandi
2
. 
Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda investitsiya siyosatining ahamiyati juda 
muhim hisoblanadi. Bu gapimizni dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirsak, maqsadga muvofiq 
bo‘lardi: 
―Mamlakatimizda investitsiya siyosatini kuchaytirish masalasiga biz 
alohida 
ustuvor 
ahamiyat 
qaratamiz. 
Xorijiy 
sarmoyalarni 
va ilg‗or 
texnologiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi diplomatik 

1
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas‘ulmiz.-T.: ―O‘zbekiston‖, 2001. -157 b. 


2
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi.-T.: ―O‘zbekiston‖ NMIU, 2017 y. -5 b 



vakolatxonalarimiz jiddiy ish olib borishi lozim. Buning uchun Tashqi ishlar 
vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mamlakatlardagi elchilarimiz nafaqat 
siyosiy, ayni vaqtda yurtimizga investitsiyalarni jalb qilish masalalari bilan ham 
faol shug‗ullanishlari darkor. Ularning bu boradagi faoliyatini nazorat qilish uchun 
Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‗mitasining faoliyat sohasi va 
vakolatlarini kengaytirish zarur, deb hisoblayman‖
3

Ma‘lumki, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar boshqa turdagi 
mablag‗larga nisbatan ancha barqaror investitsiya manbai hisoblanib, ular qisqa 
muddatli spekulyativ harakterga ega bo‗lgan kapital oqimlaridan farqli o‗laroq 
uzoq muddatli kapital qo‗yilmalarga bo‗lgan talabni qondirishda muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Shu 
bilan 
birga, 
xorijiy 
investitsiyalar 
milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshlik darajasini oshiradi va mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida 
o‗z o‗rnini topishida, uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvida hamda 
tashqi savdo aylanmasining yuksalishida va eksport salohiyati yanada 
rivojlanishida ijobiy omil bo‗lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi va ular ishtirokidag‗i korxonalarning faol 
ish olib borishi ―nou-xau‖, yangi texnologiyalar, yangi ish o‗rinlarining yaratilishi, 
mahalliy sanoat va xom ashyo mahsulotlariga bo‗lgan talabning ortishi
shuningdek, mazkur korxonalarda mehnat qilayotgan ishchilar turmush 
darajasining yaxshilanishi bilan bog‗liq qator ijobiy o‗zgarishlarga olib kelishi 
mumkin. 

Download 1.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish