O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/36
Sana26.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#106016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I
 
 
1.3-rasm. Xorijiy investitsiyalar tarkibi
21
 

21
Iqtisodiy ma‘lumotlar asosida magistrant tomonidan tayyorlandi 


XORIJIY INVESTITSIYALAR 
Moddiy boyliklar 
Boshqa boyliklar 
Intellektual 
boyliklar 
Moliyaviy boyliklar 
- Binolar; 
- Inshoatlar; 
- Asbob-
uskunalar; 
- Transport 
vositalari; 
- Boshqalar. 

Tabbiiy 
resurslardan 
foydalanish, yer 
va mulklardan 
foydalanish 
huquqlari; 
- Ijara huquqlari; 

Avtorlik 
huquqi; 
- Ixtirolardan 
foydalanish huquqi 
(nau-hau); 
- Boshqa 
intellectual 
boyliklar. 
- Pul mablag‘lari; 
- Bankdagi 
maqsadli 
jamg‘armalar; 
- Sug‘urta polislari; 
- Boshqa qimmatli 
qog‘ozlar. 


20 
Investitsiyalarning tarkibiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, unda moddiy, 
moliyaviy, intellektual va boshqa turdagi boyliklar mavjudligini ko‗rish mumkin. 
O‗z navbatida bu tasnif xorijiy investitsiyalarga ham taaluqlidir. Uni quyidagi 1.3-
rasmda ko‗rishimiz mumkin. 
Xorijiy investitsiyalarni mulkchilik shakliga ko‗ra xususiy, davlat, xorijiy va 
aralash investitsiyalarga tasniflash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga xorijiy 
investitsiyalarni yo‗nalish ob‘ektiga qarab moliyaviy va real investitsiyalarga ham 
ajratish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy investitsiyalarning 
tarkibida asosiy o‗rinni shaxsiy mulk egalarining investitsiyalari tashkil etadi.
Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi 
moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning 
kelishini rag‗batlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning 
hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu 
birinchi navbatda foiz tulovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va 
qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari 
ma‘lum vaqt o‗tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini 
talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan 
kiritiladigan kreditlarninig o‗ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy 
investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi. 
Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor 
mamlakatlar iqtisodiy sub‘ektlari hamda qushma korxonalar real va moliyaviy 
aktivlariga kiritgan mablag‗laridir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining 
bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada 
foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka – kapital egasiga 
qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag‗lar oqimini ta‘minlash 
maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib ketish, qochish, ya‘ni mamlakatlararo 
kuchib yurish xos. Chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan uz milliy investiiya 
muhitini uzga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromadlilik, kapitallashuv va 
likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining uziga xos muhim belgisi – aniq 


21 
maqsadlarni kuzlashi hisoblanadi
22
. Ularning e‘tiborini tortuvchi iqtisodiyot ham 
uz maqsadlariga erishishga intiladi. Bu maqsadlar samaradorlik, ishlab chiqarishni 
ustirish, bozorlarga kirib borish yoki noiqtisodiy mazmundagi vazifalar bulishi 
mumkin. Shu sababli, uzaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, 
kirib borish sharoitlarini hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan 
boshqasiga kuchishining asosi hisoblanadi. 
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakllariga ko‗ra ham tasniflash mumkin. 
Buni quyidagi 1.4-rasmda ko‗rishimiz mumkin.

Download 1.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish