• 1.1-rasm. Mo‘ljallangan ob’ektiga ko‘ra investitsiyalarning turlari 17
  • Investitsiyalar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/36
    Sana26.11.2023
    Hajmi1,06 Mb.
    #106016
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
    Bog'liq
    iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
     
    16
      Xaydarov N. X., Ubaydullaeva S.F. ―Xorijiy investitsiyalarni muvofiqlashtirish masalalari‖. Toshkent - 2011y. 
    24-25 betlar. 


    14 
    qo‗yilmalar hisoblanadi. Bu holatda investorlar qimmatli qog‗ozlarga egalik 
    qilishdan daromad olgani holda ishlab chiqarish kapitalini emas, balki moliyaviy 
    kapitalni oshiradi. Bunda qimmatli qog‗ozlar sotib olishga sarflangan pul 
    mablag‗lari real qo‗yilmalarni shu qimmatli qog‗ozlarni chiqargan korxona va 
    tashkilotlar amalga oshiradi. 
    Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar qatoriga ixtirolar uchun patent va 
    litsenziya, tovar belgilari, yangi texnologiyalarga guvohnomalar, ishlab chiqarish 
    texnologiyalari va mahsulotlarga sertifikatlar va boshqa nomodiy aktivlarga 
    yo‗naltiriladigan qo‗yilmalar kiradi. 
    O‗zbekiston Respublikasining ―Investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi qayta 
    tahrirdagi Qonunida investitsiyalar mo‗ljallangan ob‘ektiga ko‗ra turlarga 
    ajratilgan bo‗lib, buni quyidagi 1.1-rasmda ko‗rishimiz mumkin: 
    1.1-rasm. Mo‘ljallangan ob’ektiga ko‘ra investitsiyalarning turlari
    17
     
    Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab 
    chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruksiya 
    qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab 
    chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. 

    17
    ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2014 yil 10 dekabr. 


    Investitsiyalar 
    Kapital 
    investitsiyalar 
    Innovatsiya 
    investitsiyalar 
    Ijtimoiy 
    investitsiyalar 


    15 
    Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni 
    (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini 
    yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va 
    o‗zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. 
    Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‗nikmalarini va ishlab 
    chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne‘matlarning boshqa 
    shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. 
    Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotiga 
    o‗tishda tarqqiyotning ―O‘zbek modeli‖ga asoslangan holatda iqtisodiy rivojlanish 
    yo‗lidan bormoqda. Bu yo‘lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. 
    Chunki, investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar, texnik va texnologik 
    yangilanishlar, korxonalarni qayta ta‘mirlash ishlarini amalga oshirishni 
    rag‘batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon 
    yaratadi. Shu jihatdan, mamlakatimizda tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib 
    borilmoqda ( 1.2-rasm). 

    Download 1,06 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish