• Tuzilmaviy investitsiya siyosati
  • -rasm. O‘zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/36
    Sana26.11.2023
    Hajmi1,06 Mb.
    #106016
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
    Bog'liq
    iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
     
    1.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
    18
     
    Yuqoridagi 1.2-rasmda ham ko‗rinib turibdiki, tuzilmaviy investitsiya siyosati 
    hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib 

    18
    Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi. – T.: ―O‘zbekiston‖, 


    2012. 36 b. 
    Tuzilmaviy investitsiya siyosati 
    Hududlarda 
    investitsiya siyosati 
    Iqtisodiyot tarmoqlarda 
    investitsiya siyosati 
    Korxonalarda 
    investitsiya siyosati 


    16 
    topgan bo‗lib, ular bir biri bilan o‗zaro bog‗liqdir. Bu uch investitsiya siyosatning 
    yig‗indisi mamlakat investitsiya siyosatini tashkil qiladi. 
    Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va 
    investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi 
    hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi. 
    Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini 
    ta‘minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o‗rnini 
    bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya 
    yo‗li bilan qo‗llab-quvvatlash hisoblanadi. 
    Korxonalar investitsiya siyosati ham juda muhim iqtisodiy ham moliyaviy 
    siyasatlardan biri hisoblanadi. Korxonalarni modernizatsiya qilish, ularni 
    zamonaviy texnika qurollari bilan ta‘minlash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
    realizatsiya qilish, qo‗shimcha mablag‗larni jalb qilish, korxonani foydasini 
    oshirish bularni bari albatta korxonada olib borilgan oqilona investitsiya siyosatga 
    uzviy bog‗liqdir. 
    Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va 
    rivojlantirish, aholining iste‘mol tovarlari, ish joylarga bo‗lgan talabini qisqa vaqt 
    ichida yuqori darajada ta‘minlashga erishish yo‗lida quyidagi vazifalarga amal 
    qilmoqda: 
    -eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash; 
    -mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‗llab-quvvatlash; 
    -to‗lov qobiliyatiga ega bo‗lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish 
    tuzilmalarini yaratish; 
    -ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar 
    yuqori darajada foydalanishni ta‘minlash; 
    -mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash va uni 
    kuchaytirish; 
    -samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi,
    xizmat ko‗rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg‗unlashtirish; 


    17 
    -iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo 
    etish; 
    -aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish; 
    -hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to‗liq shakllantirish. 
    Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning 
    roli ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, boshqaruv tajribalarini 
    o‗zlashtirish, ishsizlik muamosini hal etishga ko‗maklashish, O‗zbekiston 
    iqtisodiyotining o‗ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‗plab qayta ishlovchi 
    korxonalarni qurish bilan izohlanadi. 

    Download 1,06 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. O‘zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati

    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish