• To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar. Portfel investitsiyalar Boshqa
  • Moliyaviy lizing XVF va boshqa xalqaro tashkilotlar qarzlariи Qisqa muddatli depozitlar Chet el valutasi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/36
    Sana26.11.2023
    Hajmi1,06 Mb.
    #106016
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
    Bog'liq
    iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
     
     
     
    1.4-rasm. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakllariga ko‘ra 
    tasniflanishi
    23
     

    22
    G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: «Moliya» nashriyoti, 2013 yil. 32-bet. 


    23
    Maqsudov F., Anorqulova I. O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun bevosita xorijiy investitsiyalar: ishlarning borishi va 
    istiqbollari. //Bozor,pul va kredit. 5-son, 1997.6-b 
    To’g’ridan-to’g’ri 
    xorijiy 
    investitsiyalar. 
     
    Portfel 
    investitsiyalar 
     
    Boshqa 
    investitsiyalar 
     
    O’zga mamlakat rezidentlari 
    tomonidan boshqa mamlakat 
    aktivlarini tasarruf etish va ular 
    ustidan nazorat o’rnatish 
    Iqtisodiy hamkorlik va 
    rivojlantirish tashkiloti tavsifiga 
    ko’ra aksiyalarni 10 foiziga 
    egalik qilish 
    Moliyaviy vositalar 
    Uyushgan va 
    uyushmagan 
    moliya bozorlari 
    Savdo kreditlari 
     
    Bank qarzlari 
    Moliyaviy lizing 
    XVF va boshqa 
    xalqaro tashkilotlar 
    qarzlariи 
    Qisqa muddatli 
    depozitlar 
    Chet el valutasi 
    bilan bitim 
    XORIJIY INVESTITSIYALAR


    22 
    Xorijiy investitsiyalar kapitalni qulayroq qilib joylashtirish hamda u egasiga 
    qaytib kelgunga qadar nisbatan uzoq muddat davomida undan foyda ko‗rish 
    maqsadida eksport qiluvchi mamlakatlarning kapital qabul qiluvchi mamlakatlar 
    real va moliyaviy aktivlariga quyilishini bildirgan holda, bir iqtisodiyotdan 
    ikinchisiga o‗tayotgan kapital oqimini ko‘rsatadi. 
    ―Chet el investitsiyalari to‘g‗risida‖gi Qonunga ko‗ra, O‗zbekiston 
    Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo‗lishi mumkin: 
    - chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma‘muriy yoki hududiy organlari; 
    - davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan 
    yoki xalqaro ommaviy huquq sub‘ektlari bo‗lgan xalqaro tashkilotlar; 
    - chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat 
    kqrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar 
    yoki uyushmalar; 
    - chet el davlati fuqarolari bo‗lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‗lmagan 
    shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari. 
    Investitsiyalarni, shu bilan birga xorijiy investitsiyalarni ham nima va qaysi 
    sohalarga sarflanishiga qarab, moliyaviy va real investitsiyalarga ajratish mumkin. 
    Moliyaviy investitsiyalar xususiy kompaniyalar va davlat idoralari 
    tomonidan muomalaga chiqarilgan aktsiyalarga, obligatsiyalarga, boshqa qimmatli 
    qog‗ozlarga va bank depozitlariga, uzoq muddatga jalb qilingan qo‗yilmalardir. 
    Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog‗ozlar bozorida sarflanishini va shu bozorda 
    qatnashishini anglatadi. Moliyaviy investitsiyalarning asosiy qismi kapitalning 
    noishlab chiqarish sohasiga sarflanadi. 
    Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor iqtisodiyoti infrastrukturasi, qimmatli 
    qog‗ozlar bozori va umuman moliya bozori kapitali rivojlangan mamlakatlarda 
    kqproq tarqalgan. 
    Rivojlangan davlatlarda moliyaviy investitsiyalarning tarkibida asosiy 
    o‗rinni shaxsiy mulk egalari investitsiyalari tashkil etadi. Respublikamizda 
    qimmatli qog‗ozlar bozori esa faqatgina shakllanish bosqichida bo‗lib,moliyaviy 
    kapitalni sohalar qrtasida taqsimlash funktsiyasini deyarli bajarmayapti. 


    23 
    Real investitsiyalar esa moliyaviy investitsiyalardan farqlidirlar. Real 
    investitsiyalarning sarfi asosiy fondlarning o‗sishiga, yangilanishiga, ishlab turgan 
    korxonalarni kengaytirishga, moddiy boyliklarni kqpaytirishga olib keladi. 
    Fan-texnika taraqqiyoti kuchayishi bilan intellektual potentsial ishlab 
    chiqarishning eng kuchli omiliga aylandi, uning jiddiy elementi bo‗lib qoldi. 
    Bugungi kunda real investitsiyalar tarkibida ilmiy izlanishlar, fan, ta‘lim, kadrlarni 
    tayyorlash va qayta tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar o‘sib bormoqda. 
    Jahon bozoriga kirib borish, keng ko‗lamda marketingni rivojlantirish, batafsil 
    informatsiyaga ega bo‗lish, yuqori darajadagi kompyuter tizimlarini tashkil etishni, 
    yuqori malakali raqobatbop kadrlar tayyorlashni va bu sohada dunyodagi 
    rivojlangan davlatlar darajasiga erishishni talab etadi. Shuning uchun ham tez 
    sur‘atlar bilan rivojlanishda real investitsiyalar tarkibida fan, texnika, ta‘lim, 
    kadrlarni qayta tayyolash uchun sarflanadigan real investitsiyalar asosiy 
    o‗rinlardan birini egallashi lozim. 
    Sanoati rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy qismini 
    xususiy investitsiyalar tashkil etadi.
    Shuningdek, ta‘kidlash zarurki, chet el adabiyoti va xalqaro buxgalteriya 
    standartiga kqra investitsiyalar tarkibiga asosiy kapitalga qilgan xarajatlar bilan bir 
    qatorda ishlab chiqarishning joriy xarajatlari ham kiritiladi. Investitsiyalar sub‘ekti 
    kim bo‗lishidan qa‘tiy nazar, investitsiya qilinayotgan sarf-harajatlar darajasi ikki 
    asosiy omilga bog‗liq bo‗ladi: 
    - tadbirkorning investitsiyalash natijasida olinishi mqljallangan sof foyda 
    normasiga; 
    - banklarga qo‗yilgan omonat va depozit jamg‗armalar bo‗yicha belgilangan 
    foiz stavkalariga. 
    Demak, investitsiyalash natijasida olingan sof foyda normasi bankning 
    jamg‗armalar bo‘yicha to‗laydigan foizi stavkasidan yuqori bo‗lgandagina samarali 
    hisoblanadi. Agar jamg‗armalar bo‗yicha foiz stavkasi investitsiya natijasida 
    olinadigan sof foyda normasidan yuqori bo‗lsa, ishlab chiqarishga investitsiyani 
    amalga oshirish foydali emasdir. Bu ikki omilning bo‗lishi, ya‘ni sof foyda 


    24 
    normasining yuqori darajada bo‗lishi uchun shart-sharoitlarni yaratish chetdan 
    investitsiyalarni jalb qilishga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirda jahon 
    iqtisodiyotida investitsiya oqimi ko‗proq yuqori foyda olish sohalari mavjud 
    bo‗lgan yoki banklardagi jamg‗armalarga to‗lanadigan foiz stavkalari yuqori 
    bo‗lgan mamlakatlarga yo‗naltirilgandir. 
    Korxonalar va kompaniyalar faoliyati ustidan nazorat qilish yoki mulkka 
    egalik qilish nuqtai nazaridan xorijiy investorning qo‗yilmalari bevosita va portfel 
    investitsiyalarga bo‗linadi. Bevosita investitsiyalar ishlab chiqarish kapitalini 
    to‗g‗ridan-to‗g‗ri tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‗naltirishni anglatadi. 
    Bunday investitsiyalar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
    - u yoki bu korxona (firmalar)lar aktsiyasinining nazorat paketini sotib olish 
    orqali; 
    - o‗zining ishlab chiqarish quvvatlarini qurish orqali; 
    - qo‗shma korxonalarni barpo etish orqali. 
    Bevosita qo‗yiladigan investitsiyalar har qanday holatda ham xorijiy 
    investorga investitsiyalash ob‘ekti bo‗lgan korxona, firmalarning ishlab chiqarish 
    faoliyatini boshqarishda samarali ishtirokini ta‘minlaydi. 
    Xorijiy investorlar bilan qo‗shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga: 
    - yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb 
    qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida sifatsiz, 
    xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski 
    texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi; 
    - yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan 
    ta‘minlash, shu bilan birga xorijiy ilg‗or boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini 
    beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi; 
    Jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish 
    va ularni eskport qilish evaziga mamlakatga qadri baland valyutalarning ko‗proq 
    kirib kelishini ta‘minlaydi.
    Yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishi quyidagi 
    jihatlarga bog‗liq: 


    25 
    a) xorijiy mamlakatlardagi korxonalar o‗rtasida operatsiya aloqalarining 
    shakllanishiga ko‗maklashish; 
    b) yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi va 
    ichki tizimi yaxshilanishiga xizmat qilish; 
    v) eksportning intellektual mulk ob‘ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau 
    shaklida texnik-tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar 
    ko‗rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo‗li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-
    texnik yutuqlarining jahon xo‗jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish; 
    g) ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan-texnologiyalar transferti 
    sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo‗nalishini beruvchi shart-sharoit 
    yaratuvchi innovatsiyalarni qo‗llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab 
    chiqish; 
    d) innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo‗llab-
    quvvatlashning eng maqbul uyg‗unlashuvi asosiy yo‗llarini belgilab olish hamda 
    ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha 
    etkazish; 
    e) o‗zbek olimlari-mutaxassislarining chet eldagi etakchi institutlar, 
    tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish; yuqori 
    darajali marketing tadqiqotlari o‗tkazish, tijorat va texnologiya menejmenti 
    sohasidagi yutuqlarni o‗rganish, xorijiy bozorlarning konyunkturasi, sig‗imi hamda 
    raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qo‗shma korxonalar tashkil etish 
    bo‗yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy ma‘lumotlarni o‗rganish va h.k.. 

    Download 1,06 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish