O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana26.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#106016
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
I bob bo’yicha xulosa 
Mamlakatda iqtisodiyot rivojlangani sari investitsiya faoliyati ham bunga 
to‗g‗ri proporsional ravishda rivojlanadi. Aholi hamda xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlar o‗zida jamg‗arilgan daromadlarini foyda olish maqsadida investitsiyaga 
yo‗naltirishadi. Buning natijasida iqtisodiy o‗sish jadallashadi hamda o‗sha 
hududda yaratilgan mahsulot hajmi ortib boradi. 
Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga jalb etish strategiyasi 
bo‘lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar 
keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga asoslanadi. 
Buning uchun bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir 
qator aniq loyihalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi va ikkinchi tomondan, ichki 
investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati 


36 
juda yuqori baholanadi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlangan 
mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda iloji boricha ko‘roq xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishga harakat qiladi. Chunki rivojlanayotgan davlatlar o‘z 
iqtisodiyotini rivojlantirishda o‘z ichki mablag‘lari bilan strategik maqsadlarni 
amalga oshira olmaydi. Bu esa albatta xorijiy investitsiyalarni talab qiladi. Shuning 
uchun bugungi kunda har bir rivojlanayotgan davlatlar investitsiya muhitini 
yaxshilashda qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, ya‘ni bunda 
mamlakatlar investitsiya riskini kamaytirishda alohida investitsiya siyosati ishlab 
chiqmoqda.
 
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotimizga jalb etish va ular yordamida 
tashkil etiladigan korxonalarning faoliyatini yo‗lga qo‗yish yuqorida aytib o‗tilgan 
dolzarb vazifalarning yechimini izlash yo‗lida qilinadigan muhim ishlar jumlasiga 
kiradi.
Mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o‗sishini, ishlab chiqarish va eksport 
salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, milliy iqtisodiyotimizni jahon 
xo‗jaligi tizimiga integratsiyalanashuvini ta‘minlashga, tadbirkorlik sub‘ektlari 
hamda investorlarga zarur kafolatlarni yaratib berishga xizmat qiluvchi muhim 
loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, zarur normativ-huquqiy 
bazaning yaratilishi kutilgan natijalarni bermoqda. 

Download 1,06 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish