Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana26.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#106016
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
 
1.2. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning 
iqtisodiy mazmuni, tarkibiy tuzilishi, shakllari va usullari 
Har qanday jamiyatning yashashi uchun ishlab chiqarish uzluksiz davom 
etishi shart. Unda uzilish yuz bersa kishilarning hayotiy ehtiyojlari qondirilmaydi. 
Ishlab chiqarishni doimiy takrorlanib turishi va umuman iqtisodiyotning ahvoli 
investitsiyalarning holatidan kelib chiqadi. Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki hech 
qaysi davlat jahon iqtisodiyotidan ayri holda tashqi yordamlarsiz boshqacha 
aytganda xorijiy sarmoya va ko‘maklarsiz iqtisodiy taraqqiyotga erishishi mumkin 
emas.
Investitsiyalash kim tomonidan amalga oshirilganligi nuqtai nazaridan ikki 
turga, ya‘ni ichki va tashqi investitsiyalarga bo‗linadi. 
Ichki investitsiyalar bu mazkur davlat hududida ichki investorlar 
tomonidan yo‗naltiriladigan investitsiyalardir. Tashqi investitsiyalar yoki xorijiy 
investitsiyalar – chet el mulkdorlarining mutloq boshqa mamlakat iqtisodiyotining 
qonun bilan ta‘qiqlanmagan turli tarmoqlariga yuqori darajada daromad olish, 
samaraga erishish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, 
moliyaviy va intelektual boyliklardir. 
Chet el investitsiyalari xorijiy investorlar tomonidan yo‗naltiriladigan 
investitsiyalar hisoblanadi. U xorijiy mulkdorlarning boshqa mamlakat 


18 
iqtisodiyotining turli tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport va boshqa 
tarmoqlar) daromad olish maqsadida muayyan muddatga qo‗yiladigan kapitaldir
19

Chet el investitsiyalari deganda, milliy iqtisodiyotga qo‗yilgan xorijiy 
mamlakatlarning valyutadagi pul mablag‗lari, qimmatbaho qog‗ozlari, shuningdek, 
kreditlar ko‗rinishidagi kapital qo‗yilmalarining barcha shakllari tushuniladi. 
Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi, ularning manba va 
kapital egasi jihatidan hududiy farqlanishi hamda olingan natijaga egalik qilish 
munosabatlarida o‗z aksini topadi. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalarni amalga 
oshirishda ular bilan bog‗liq barcha risk (xatar)lar oldindan hisoblab chiqilgan 
bo‗ladi. Ya‘ni, xorijiy investitsiyalar chet ellik investorlarning o‗z kapitalidan 
unumli foydalanish maqsadida boshqa mamlakat iqtisodiyotiga minimal risk 
asosida yo‗naltirib, imkon qadar qisqa vaqt ichida ko‗proq foyda olishga erishish 
maqsadida mablag‗larning joylashtirilishidir. 
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‗naltirilgan har 
qanday shakldagi mulkni to‗la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. 
Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. 
Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy 
sotib olsa, - bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‗la 
olmaydi.
―Chet el investitsiyalari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 
3-moddasiga ko‗ra ―chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida 
tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat 
ob‘ektlariga qo‗shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga 
doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el 
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‗zbekiston Respublikasi 
hududida chet el investitsiyalari‖
20
deb e‘tirof etiladi.
―Chet el investitsiyalari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasining 
Qonuniga ko‗ra chet ellik investorlar xorijiy davlatlar, ajnabiy fuqarolar

19
Soliyev A.S., Mirzaaxmedov S.X., Jumaxanov Sh.Z ―Qo‗shma korxonalar geografiyasi‖.-Namangan.: Namangan 


nashriyoti, 2006. 
20
O‘zbekiston Respublikasining ―Chet el investitsiyalari to‘g‘isida‖gi Qonuni, 1998 yil 30 aprel.


19 
fuqarolarning uyushmalari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar, chet elda doimiy 
ravishda yashaydigan O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‗lishi mumkin. Shuni 
ta‘kidlash 
zarurki, 
xorijiy 
investitsiyalar 
ishtirokidagi 
korxonalarda 
ishtirokchilardan biri albatta xorijiy yuridik shaxslardan bo‗lishi talab etiladi.
Fikrimizcha, xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori 
darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat 
iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha 
mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki 
investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Bunda 
mamlakat o‗z iqtisodiyotini rivojlantirishda mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy 
sarmoyalarni jalb qiladi, ya‘ni ular xorijiy investitsiyalar uchun maxsus investitsiya 
siyosati yurgizadi va mamlakat investitsiya muhitini yaxshilashda amaliy ishlarni 
amalga oshiradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, mamlakatda yaratilgan me‘yoriy-
huquqiy baza xorijiy investorlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Download 1,06 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning

Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish