Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/36
Sana26.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#106016
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
1.3. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning 
me’yoriy-huquqiy asoslari 
 
O‗zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasi 
hozirda iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi, agrar respublikani industrial davlatga 
aylantirishdagi ana shunday muhim muammolardandir. O‗zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―Biz tashqi iqtisodiy faoliyatni 


26 
rivojlantirishda iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay 
sharoit yaratishga juda katta ahamiyat bermoqdamiz‖
24
. Xorijiy investitsiyalarni 
jalb etishda quyidagi tamoyillarga asoslanilmoqda:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni 
ko‗zlab siyosat yuritish;
- respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‗ni keng jalb etishni 
ta‘minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora 
takomillashtirish;
- respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan xalq 
xo‗jaligining zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko‗maklashayotgan xorijiy 
sarmoyadorlarni yanada qo‗llab-quvvatlash;

mablag‗larni respublika mustaqilligini ta‘minlaydigan va raqobatbardosh 
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan eng muhim ustuvor yo‗nalishlarda 
jamlash.
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini barqarorlashtirish, ishlab chiqarish va 
eksport salohiyatini kengaytirish, milliy iqtisodiyotimizni jahon iqtisodiy tizimiga 
integratsiyalashuvini ta‘minlash dolzarb masalalardan sanaladi.
Istiqlol yillarida respublikamiz hukumati tomonidan mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarni qo‗llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta‘minlash va ijtimoiy 
jihatdan himoyalashga yo‗naltirilgan alohida amallar bilan bir qatorda xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish borasida ham bir qator chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotimizga jalb etish va ular yordamida 
tashkil etiladigan korxonalarning faoliyatini yo‗lga qo‗yish yuqorida aytib o‗tilgan 
dolzarb vazifalarning yechimini izlash yo‗lida qilinadigan muhim ishlar jumlasiga 
kiradi.
Mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o‗sishini, ishlab chiqarish va eksport 
salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, milliy iqtisodiyotimizni jahon 
xo‗jaligi tizimiga integratsiyalanashuvini ta‘minlashga, tadbirkorlik sub‘ektlari 

24
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -.T.:―O‘zbekiston‖, 1995. 115-b. 




27 
hamda investorlarga zarur kafolatlarni yaratib berishga xizmat qiluvchi muhim 
loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, zarur normativ-huquqiy 
bazaning yaratilishi kutilgan natijalarni bermoqda.
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali 
zamonaviy texnologiyalar asosida tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni 
tashkil etish bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan uzoq muddatli kapital qo‗yilmalari 
uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratildi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy 
islohotlar davrida tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari takomillashib
bormoqda.
―Investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖,
―Chet el investistiyalari to‗g‗-
risida‖, ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya
qilish choralari to‗g‗risida‖, ―Tashqi iqtisodiy faoliyat to‗g‗risida‖, ―Valyutani 
tartibga solish to‗g‗risida‖, ―Eksport nazorati to‗g‗risida‖ kabi qonunlar qabul 
qilinib, ular O‗zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga zamin yaratdi.
Jumladan, 1998 yilda O‗zbekiston Respublikasining ―Xorijiy investitsiyalar 
to‗g‗risida‖gi va ―Xorijiy investorlarning xuquqlari kafolatlari va himoyalash 
choralari to‗g‗risida‖gi Qonunlari qabul qilingan bo‗lib, ular respublikamizda 
xorijiy investorlar va ular ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi 
qonuniy-me‘yoriy hujjatlarning qabul qilinishi fikrimizning dalilidir.
Xorijiy investorlar uchun O‗zbekistonda turli shakllarda investitsiyalarni 
amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. O‗zbekiston Respublikasining ―Xorijiy 
investitsiyalar to‗g‗risida‖gi Qonunining 6-moddasiga asosan chet ellik investorlar 
O‗zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar 
tashkil etishlari hamda O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan o‗zlariga 
berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. 
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav 
jamg‗armasining kamida o‗ttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan 
korxonalar tushuniladi
25
. Ular O‗zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 

25
Bunday ta‘rif davlat tomonidan beriladigan soliq va bojxona to‗lovlari bo‗yicha imtiyozlarni qo‗llash uchun 


ishlatiladi. 


28 
shakllantirilgan qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy 
shakllarda faoliyat ko‗rsatishlari mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxona qatnashchilaridan biri chet ellik investor bo‗lishi hamda korxona ustav 
kapitali miqdori kamida 150 000 AQSh dollari ekvivalentida bo‗lishi talab etiladi. 
Ayrim hollarda ustav kapitalning talab qilingan minimal darajasi miqdori 
pasaytirilgan bo‗lib (jumladan, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
uchun ushbu talab 75000 AQSh dollari miqdorida o‗rnatilgan), ishchi kuchi 
ortiqcha bo‗lgan mintaqalarga kapitalni jalb etishni rag‗batlantirish maqsadida 
qo‗llaniladi. 
Shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta‘sis etish 
yo‗li bilan yoki mavjud (faoliyat yuritib turgan) korxonada ishtirok etish ulushini 
(payini, aksiyalarini) yoxud bunday korxonani butunlay, shu jumladan 
xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida 
tashkil etilishi mumkin. Tahlil shuni ko‗rsatmoqdaki, xorijiy investorlar 
O‗zbekiston bozoriga kirib kelishida ishlab turgan korxonani sotib olish amaliyoti 
ko‗proq xususiylashtirish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lib, ayrim hollarda esa bozorda 
yuqori mavqega (shu jumladan, telekommunikatsiya, kimyo sanoati va qurilish 
materiallari kabi sohalarda) ega bo‗lgan korxonalarga investitsiya qilish bilan 
bog‗liq. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‗yxatiga olish 
O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida Davlat O‗zbekiston 
Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga 
oshirishlari chog‗ida ularning barcha huquqlari kafolatlanishi va himoya qilinishi 
qayd etib o‗tilgan. Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va 
teng huquqli rejim, ularning to‗liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi 
ta‘minlanishi ko‗rsatiladi. Bunday rejim O‗zbekiston Respublikasi yuridik va 
jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli 
rejimiga qaraganda noqulayroq bo‗lishi mumkin emas. Mazkur tartib alohida 
e‘tiborga loyiq bo‗lib, xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay sharoit 
yaratilganligini ko‗rsatadi. Ma‘lumki, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga 


29 
alohida soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar berilgan bo‗lib, ular ayni paytda 
barcha bozor ishtirokchilariga berilgan turli qo‗shimcha imtiyozlardan ham 
foydalanish imkoniyatiga ega.
Chet ellik investorlarning O‗zbekiston Respublikasi qonunlari bilan 
kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash O‗zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bilan 
tartibga solinadi. O‗zbekiston Respublikasida chet el investorlari faoliyatini 
himoya qilishning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida 1998-yil 30 
apreldagi ―Xorijiy investorlarning huquqlari kafolatlari va himoyalash choralari 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunida qabul qilindi. Xorijiy investorlar 
huquqlarini kafolatlash tizimining ishchan mexanizmini yaratish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2003-yil 2 maydagi 
―To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga 
oid qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 58-sonli qaroriga muvofiq 
O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bu borada mas‘ul davlat organi deb 
belgilandi va tegishli ravishda unga qo‗shimcha vakolatlar berildi.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erkin iqtisodiy 
zonalar muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishi mazkur davlatlarning taraqqiy etishida hal 
qiluvchi omillardan biri bo‗lgan va bunda erkin iqtisodiy zonalar muhim ahamiyat 
kasb etgan. 
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish va ular faoliyatiga 
doir munosabatlar 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan ―Erkin iqtisodiy hududlar 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi PF–4853-sonli 
―Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Farmoni O‗zbekiston Respublikasida 
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish tartibi, uning turlari, mazkur hududlar 
ishtirokchilariga qo‗shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish mexanizmini o‗zida 
aks ettiradi. Bu Farmonga ko‗ra, O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, 


30 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining "Navoiy" erkin 
industrial-iqtisodiy zonasi, "Angren" va "Jizzax" maxsus industrial zonalari nomini 
birxillashtirish maqsadida ularni "Navoiy", "Angren" va "Jizzax" erkin iqtisodiy 
zonalar deb yuritiladigan bo‗ldi. 
Bundan tashqari 2017 yil 12-yanvarda tashqi bozorlarda talab katta bo‗lgan, 
yuqori qo‗shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni 
ta‘minlaydigan mineral-xom ashyo va qishloq xo‗jaligi resurslarini chuqur qayta 
ishlash bo‗yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va 
mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, 
Samarqand, Buxoro, Farg‗ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda 
resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish 
o‗rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida "Urgut", 
"G‗ijduvon", "Qo‗qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish 
to‗g‗risidagi 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4931-sonli Farmoni 
imzolandi. Farmonga ko‘ra "Urgut" EIZ, "G‗ijduvon" EIZ, "Qo‗qon" EIZ va 
"Hazorasp" EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‗nalishlari etib tashqi 
bozorlarda talab katta bo‗lgan va importning o‗rnini bosuvchi, yuqori qo‗shilgan 
qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‗yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni 
tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
investitsiyalarini jalb etish;
Samarqand, Buxoro, Farg‗ona va Xorazm 
viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda 
samarali foydalanishni ta‘minlash;
meva-sabzavot va qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‗qimachilik, gilam 
to‗qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, 
farmatsevtika, 
oziq-ovqat, 
elektrotexnika 
sanoati, 
mashinasozlik 
va 
avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‗nalishlarda 
yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
mahalliy xom ashyo va 
materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‗rnatish hamda erkin 
iqtisodiy zonalar korxonalari o‗rtasida va umuman respublikada sanoat 
kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab 


31 
chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‗yicha 
xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va 
ularning qarorlari xalqaro darajada e‘tirof etilishini ta‘minlash chora-tadbirlarini 
ko‗rish belgilandi.
 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
keng 
qo‗llanilayotgan 
yana 
bir 
rag‗batlantiruvchi chora shundan iboratki, agar mamlakatdagi keyingi qonun 
hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik 
investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari 
investitsiyalash paytidan boshlab ma‘lum bir muddatga qo‗llash kafolatlanadi. 
Ushbu chora O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham o‗z aksini topgan 
bo‗lib, xorijiy investorlarga investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari 
investitsiyalash paytidan boshlab o‗n yil mobaynida qo‗llash kafolati beriladi. Chet 
ellik investor o‗z xohishiga ko‗ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-
sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo‗llash huquqiga egadir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-aprel kuni 
―To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‗batlantirishga oid 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF-4434-sonli Farmoni qabul qilindi. 
Ushbu Farmonga ko‗ra qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va 
xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‗lgan investitsiya loyihalari doirasida, 
ishlab 
chiqarish 
maydonidan 
tashqaridagi 
zarur 
tashqi 
muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‗lari hamda boshqa ichki 
moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‗yildi.
Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, 
jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi 
mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‗yicha loyihalarni amalga 
oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‗batlantirish, shuningdek, 
xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g‗ovlar va to‗siqlarni 
bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va 


32 
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‗l qo‗ymaslik borasida 
qo‗shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda. 
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar o‗z haq-
huquqlarini himoyalanishiga xizmat qiluvchi mexanizmdan oqilona va o‗rinli 
foydalanishmoqda. Bu esa, o‗z navbatida, chet el investitsiyalarini jalb qilish 
uchun mamalakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratilganidan, davlatimiz 
tomonidan bu sohaga jiddiy e‘tibor berilayotganidan dalolatdir. 
Investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 
2014 yil 10 dekabrda yangi tahrirdagi ―Investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2014-yil 7-aprelda ―O‗zbekiston 
Respublikasida 
investitsiya 
iqlimi 
va 
ishbilarmonlik 
muhitini 
yanada 
takomillashtirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Farmoni hamda 
15 aprelda ―Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini 
ko‗rsatish bilan bog‗liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi Qarori qabul qilindi. 
Prezident Farmonida ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, 
maksimal darajada qulay investitsiya iqlimini yaratish, davlat va xo‗jalik 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oydinligini kuchaytirish, shu asosda 
tadbirkorlik faoliyatini yuritish sharoitlarini tubdan yaxshilash, yangi ish joylarini 
barpo etish va iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini oshirish choralari 
ko‗zda tutilgan. 
Ushbu hujjat bilan 2014-2015 yillarda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik 
muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‗batlantirish 
samaradorligini oshirishga oid qo‗shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Ya‘ni tadbirkorlik sub‘yektlari va investorlar faoliyatini tartibga soluvchi 
qonunchilikni yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, davlat va mahalliy 
boshqaruv organlarining tadbirkorlik sub‘ektlari bilan o‗zaro munosabatlaridagi 
samarani ko‗paytirish, oshkoraligini ta‘minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‗llab-
quvvatlash va muvofiqlashtirishning institutsional tizimini takomillashtirishda 


33 
ko‗zda tutilgan. Shuningdek, korporativ boshqaruvni, sub‘yektlarni kreditlash 
mexanizmlarini 
rivojlantirish, 
ularga 
ko‗rsatiladigan xizmatlar doirasini 
kengaytirish, 
soliq 
ma‘murchiligini soddalashtirish, sifatni boshqarish 
standartlarini joriy etish va xususiy mulkdorlar rolini oshirish shular jumlasidandir. 
Bundan tashqari, Farmonga ko‗ra, joriy yilning 1-iyunidan davlat va xo‗jalik 
boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida 
chop etilmagan ularning tadbirkorlik sub‘yektlari bilan o‗zaro munosabatlarini 
tartibga soladigan me‘yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarini buzish holatlari 
uchun tadbirkorlik sub‘ektlariga javobgarlik choralarini qo‗llash taqiqlanadi. 
Hujjatda joriy yilning 1 iyulidan boshlab qurilish materiallari sanoati, yengil sanoat 
va oziq-ovqat sanoatida faoliyat olib borayotgan kichik korxonalar xodimlarining 
yillik o‗rtacha soni ikki barobarga oshirilib, ikki yuz nafargacha bo‗lishi ham 
belgilangan. 
Bundan tashqari, 2015-yilning 1-yanvarigacha bo‗lgan muddatda 19 turdagi 
litsenziyalanadigan faoliyat turlarini rasmiylashtirishda ―yagona darcha‖ tamoyilini 
qonun hujjatlari darajasida joriy etish ko‗zda tutilgan edi. Shu bilan birga, 2015 
yildan boshlab tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan litsenziya kelishuvlari shartlarini 
bajarish bo‗yicha davriy hisobotlar elektron shaklda taqdim etila boshlandi. 
Tadbirkorlik sub‘ektlari eng ko‗p foydalanadigan 23 turdagi davlat xizmatlari 
Interfaol davlat xizmatlari yagona portali orqali elektron shaklga o‗tkazildi. 
Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish 
va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning 
amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi 
tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatadi.
2015-yil 21-dekabrda mamlakatimizda korporativ boshqaruvni yanada 
takomillashtirish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investor va menejerlarni keng 
jalb etish, korporativ boshqaruvda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik 
va texnologik qayta jihozlashda, sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni 
tashkil etish hamda uni tashqi bozorlarga olib chiqishda ularning faol ishtirok 


34 
etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek aksiyadorlik 
jamiyatlarining ustav kapitallarida davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish 
hisobidan iqtisodiyotda davlatning ishtirokini tubdan kamaytirish maqsadida 
―Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‗shimcha 
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-2454-
sonli Qarori qabul qilindi. Bu qabul qilingan Qarorga ko‘ra, aksiyadorlik 
jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam 
bo‗lmasligi belgilandi, hamda o‗z ustav kapitallariga belgilangan muddatlarda 
xorijiy investorlarning 15 foizdan kam bo‗lmagan ulushi jalb qilinishini 
ta‘minlamagan aksiyadorlik jamiyatlari, soliq imtiyozlari va preferensiyalar 
berishdan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni hisobga olgan holda, ular 
aksiyadorlik jamiyatlari reyestridan chiqariladi va boshqa tashkiliy-huquqiy 
shakllarga o‗zgartiriladigan bo‘ldi. 2016 yilning 1 iyulidan boshlab yangi tashkil 
etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlarida nazarda tutiladigan holatlardan tashqari, faqat xorijiy 
investorning ustav kapitalidagi ishtiroki ulushi 15 foizdan kam bo‗lmagan 
taqdirdagina tashkil qilinishi mumkin. 
Respublikamizda investitsion siyosatni amalga oshirish maqsadida har yili 
investitsion dastur qabul qilinadi. Jumladan, iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlarni 
yanada 
chuqurlashtirish, 
ustuvor 
tarmoqlarga 
investitsiyalar 
kiritish, 
korxonalarning investitsion faoliyatini jadallashtirish, modernizatsiya qilish va 
texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishga xorijiy 
investitsiyalarni, eng avvalo, to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni keng jalb qilish, 
ulardan samarali foydalanish, yangi ish o‗rinlari yaratish va shular asosida 
respublikamiz iqtisodiyotini barqaror va bir maromda rivojlantirishni ta‘minlashga 
qaratilgan ―O‗zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi 
to‗g‗risida‖gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Bundan tashqari O‘zbekistonda investitsiya iqlimini yanada jozibadorligini 
oshirish maqsadida, 2017-yil 31-martda 
O‗zbekiston Respublikasining investitsiya 
salohiyatini 
to‗liq 
ro‗yobga 
chiqarish, 
investitsiya 
muhitini 
yanada 


35 
takomillashtirish, yillik investitsiya dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro moliya 
institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi chet el 
kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 
jalb etiladigan chet el investitsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida 
―O‗zbekiston Respublikasi investisiyalar bo‗yicha davlat qo‗mitasini tashkil etish 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4996-sonli Farmoni 
qabul qilindi. Farmonga ko‘ra O‗zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‗yicha 
davlat qo‗mitasi yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga 
oshirishni muvofiqlashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mas‘ul 
vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Fikrimizcha, yuqoridagi 
xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyot 
tarmoqlariga jalb etish uchun yaratilgan me‘yoriy-huquqiy asoslar mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga xorijiy hamda ichki investitsiyalar ko‘lamini yanada ortishiga 
xizmat qiladi va davomli hamda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan 
biri bo‘ladi desak, also mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. 

Download 1,06 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning

Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish