I BOB. MILLIY IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/36
Sana26.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#106016
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

I BOB. MILLIY IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI 
JALB QILISHNING AHAMIYATI VA ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI 
 
1.1. Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishning zarurligi, 
ularning turlari ham mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi ahamiyati 
Xorijiy investitsiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ahamiyatli rolga ega 
va ko‗p davlatlar uchun muhim kapital manbasi hisoblanadi. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash 
hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash 
evaziga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. 
Mustaqillikka erishilgandan so‗ng, rejali iqtisodiyotdan taraqqiyotning 
―O‗zbek modeli‖ asosida bozor iqtisodiyotiga o‗ta boshlandi. Bunday sharoitda 
albatta iqtisodiyotni modernizatsiyalashga, oqilona iqtisodiy siyosatga asoslangan 
holda iqtisodiyot tarmoqlarini tubdan isloh qilishga to‗g‗ri keladi. O‗zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi keltirilgan fikrlari: 
―Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi anglab olishimiz darkor – investitsiyalarsiz 
modernizatsiya ham yangilanish ham bo‗lmaydi‖
7
,- yuqoridagi gapimizni dalili 
desak aslo mubolag‗a bo‗lmaydi Xorijiy investitsiyalarni o‗rganishdan avval, biz 
investitsiya o‗zi nimaligini, qanday tavsiflanishini, turlari va shakllarini, mamlakat 
iqtisodiyotining o‗sishiga qanchalik muhim ekanligini o‗rganish maqsadga 
muvofiq deb bildik. 
Ma‘lumki, rejali iqtisodiyotni rad etib, ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor 
munosabatlarini tanlaganimizdan buyon bizning til boyligimizda ―investitsiya‖ 
atalmish iqtisodiy kategoriya ko‗pdan-ko‗p qo‗llana boshlandi. Biroq, tarix uchun 
o‗tgan juda bir qisqa davr ichida investitsiyaga ko‗p ta‘rif berildiki, ular o‗zlarining 
rang-barangligi, xilma-xilligi, oddiy va murakkabligi bilan bir-biridan ajralib 
turadi. 

7
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz -Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.-T.: 


―O‘zbekiston‖, 2010. -57 b. 


10 
Aslida investitsiyalarning kelib chiqishi, paydo bo‗lishi kishilik jamiyati bilan 
bevosita bog‗liqdir. Kishilik jamiyatini rivojlanishi, markazlashgan davlatlarning 
tashkil topishi hamda jamiyatda pul-tovar munosabatlarining rivojlanishi natijasida 
investitsiya nazariyalari ham paydo bo‗ldi. 
Investitsiyaga 
berilgan 
ta‘riflar miqdori va ko‗lami juda ko‗p. 
―Investitsiyalar‖ tushunchasi serqirra tushuncha. Umuman, investitsiyalar deganda 
iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatini 
oshiradigan har qanday joriy faoliyat tushuniladi. Investitsion qo‗yilmalarni 
amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar investorlar hisoblanadi. 
Mablag‗larni investitsiyalashning iqtisodiy motivi ularni kiritishdan daromad olish 
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, investitsiyalar qatoriga faqat keyinchalik 
kapital hajmini oshirish, foyda olish maqsadida kiritilgan qo‗yilmalar kiradi. 
Iste‘mol qo‗yilmalari, masalan, maishiy texnika, shaxsiy foydalanish uchun 
avtomobil yoki boshqa tovarlar sotib olish iqtisodiy mazmuni bo‗yicha 
investitsiyalar qatoriga kirmaydi. 
"Investitsiyalar" aslida nemischa "investition", lotincha "investio" so‗zidan 
olingan bo‗lib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qo‗yilmalar sarfi, ya‘ni 
xarajatlar yig‗indisi deb talqin etilgan. 
Investitsiyalar nazariyasi o‗zining tarixiy rivojlanish jarayonida bir qancha 
bosqichlarni bosib o‗tdi. V.V.Aladinning fikricha investitsiyalarning dastlabki 
belgilarini Avstriya iqtisodchilari maktabining ilmiy ishlarida ko‗rish mumkin
8

Iqtisodiy lug‗atda ―investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo‗yilmalar tariqasida 
sanoatga, qishloq xo‗jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan 
xarajatlar yig‗indisini aks ettiradi‖
9
, - deb ta‘riflangan.
Sharp U., Aleksandr G., Beyli Dj. investitsiyalar haqida qo‗yidagi fikrlarni 
bildiradi: mumkin qadar kengroq ma‘noda aytganda ―investitsiyalar‖ - bu 
―kelajakda kattaroq foydaga ega bo‗lish uchun buguncha puldan ajralishdir‖
10

Mualliflar, pul mablag‗larini qo‗yilmalar sifatidagi - investitsiyalar va bu pullardan 


Download 1.06 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  I BOB. MILLIY IQTISODIYOTGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI

Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish