O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/36
Sana26.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#106016
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
8
 Аладин В.В. Инвестиционная деятелност субъектов Российской федерации. – М: Социум, 2002. С.17. 
9
Финансово-кредитный словар. Т. 1. – М.: «Финансы и статистика», 1984. - С. 470. 
10
Шарп У., Александр Г., Бейли Дж. ИНВЕСТИЦИИ: Пер. с анг. – М.: ИНФРА-М, 2003. – ХII, С.1. 


11 
kelajakda ko‗proq summa olish uchun bugun voz kechish deb qaraydi. Bizningcha 
bunday fikrlash bir tomonlama bo‗lib, investitsiyalar nafaqat pul mablag‗lari 
ko‗rinishidagi pul daromadlari bo‗lib qolmay balki, boshqa moddiy va nomoddiy 
ko‗rinishlarda ham bo‗lishi mukin. Shuningdek, mualliflar investitsiyalash va 
jamg‗armalar o‗rtasidagi farqni ko‗rsatib, aytishadiki, jamg‗arma ―iste‘molga 
ajratilgan‖ qiymatdir. ―Investitsiyalash‖ tushunchasi kelajakda milliy maxsulotni 
ko‗paytirish bilan bog‗liq real investitsiyalashgacha bo‗lgan jarayonni ifodalaydi.
Har bir davlatda, uning iqtisodi rivojlangan yoki iqtisodiyoti o‗tish davri 
xususiyatiga ega bo‗lishidan qat‘iy nazar, mazkur mamlakatga xorijiy sarmoyaning 
kirib kelishi hamisha ijobiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki, kirib kelayotgan 
sarmoyaning ko‗payishi to‗lov balansini yaxshilash orqali, milliy valyuta kursiga 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, islohotlar o‗tkazishda zarur mablag‗lar bilan ta‘minlaydi, 
texnik ba‘zani yangilashga xizmat qiladi, yangi ish o‗rinlari yaratiladi, zamonaviy 
ish yuritish uslubini tadbiq etadi va bu bilan iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantiradi. 
Shuning uchun ham har bir davlat o‗zining investitsion siyosatini izchillik bilan 
olib borishi va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi darkordir. 
Keyingi yillarda O‗zbekistonda ham investitsion faoliyatning iqtisodiy 
masalalarini o‗rganish bo‗yicha jiddiy ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va 
muayyan muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Jumladan, prof. D.G‗.G‗ozibekov 
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida 
talqin etib, aniq va noaniq risklar, safarbar etilayotgan kapitalning hozirgi 
qiymatini saqlash va uni kapitallashtirish jihatlariga e‘tiborni qaratib, qo‗yidagicha 
ta‘rif berishga erishgan: ―investitsiyalar nazarda tutilgan va tutilmagan, ammo 
ehtimoli bor risklar hamda ko‗zlanayotgan samaralarni baholash asosida, o‗z va 
o‗zga mablag‗lar qiymatining kapitallashuvi va jamg‗arilishini ta‘minlash 
maqsadida moliyaviy va real aktivlarga bog‗lanishidan dalolat beradi‖
11

Keltirilgan fikrlar shundan guvohlik berayaptiki, chindan ham investitsiyalar faqat 
asosiy kapitalga yo‗naltirilib, qolmasdan balki, aylanma aktivlarni shakllantirishga 
ham yo‗naltiriladi. Investitsiyalarning samarasi, ularning mazmun-mohiyati, sifat 

11
G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: ―Moliya‖ nashriyoti, 2003. 14-15-b. 




12 
tavsiflariga bog‗liqligi, moliyalashtirish manbalarining ishonchliligidan kelib 
chiqishi asoslangan. Investitsiyalarning joriy qiymatini saqlash, bo‗lajak qiymatini 
ko‗paytirish, kapitallashtirish va yuqori samaralarga erishish yo‗llari tizimli 
ravishda pulning zamonaviy qiymat kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda asoslab 
berilgan. Muallif investitsiyalarning mazmun va mohiyatini ochishda ―investitsiya‖ 
tushunchasiga aynan moliyaviy kategoriya sifatida qaraydi va uni aniq va noaniq 
risklar, safarbar etilayotgan kapitalning hozirgi qiymatini saqlash va uni 
kapitallashtirish jihatlariga e‘tiborni qaratgan. 
Prof. N.H.Haydarov o‗z ilmiy ishlarini korxonalar investitsion faoliyatida 
moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalariga bag‗ishladi va u 
qo‗yidagi ta‘rifni berdi: ―Investitsiya - bu mulk shaklidan qat‘iy nazar, tadbirkorlik 
asosida faoliyat ko‗rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning 
iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‗z ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy 
va intellektual boyliklarini qonun doirasida bo‗lgan har qanday tadbirkorlik 
ob‘ektiga sarflashidir‖
12
. Bu yerda muallif investitsiyalarga mulkchilik shakllari, 
investitsiyalarning turlari va natija olishning iqtisodiy-ijtimoiy tomonlarini 
mohirlik bilan qamragan holda, ta‘rif berishga erishgan. 
O‗zbekiston Respublikasining 2014 yil 10 dekabrdagi ―Investitsiya faoliyati 
to‗g‗risida‖gi qayta tahrirdagi Qonunida investitsiyaga quyidagicha ta‘riflanadi: 
―investitsiyalar-qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa 
turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda 
ularga bo‗lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‗lgan huquqlar, 
shuningdek reinvestitsiyalar‖
13

Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish 
mumkinki, ―investitsiyalar‖ tushunchasi ―kapital qo‗yilmalar‖, ―investitsiyalarning 
mulkiy shakli‖, ―kapital‖, ―kredit‖ va boshqa tushunchalarga qaraganda kengroq, 
―sig‗imliroq‖ tushuncha hisoblanadi
14
. Kapital qo‗yilmalar investitsiyalarning 

12
Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq 


munosabatlarini takomillashtirish masalalari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 
dissertatsiya. – T:. 2003. 29 b. 
13
―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖giO‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2014 yil 10 dekabr.
14
G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: ―Moliya‖ nashriyoti, 2003. 28-b. 


13 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida 
kapital qo‗yilmalardan tashqari aylanma mablag‗ (vosita)lar ham mavjud. 
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar tushunchasiga turli iqtisodchi olimlar 
tomonidan turlicha ta‘rif, talqinlar berilgan. Biz ularni o‗rganib chiqqan holda 
quyidagicha ta‘riflashni ma‘qullaymiz: investitsiyalar - bu daromad olish, ijtimoiy 
samaraga erishish, keng iste‘molchilarning ehtiyojini qondirish maqsadida 
iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, davlat va mulkchilikning turli shakllaridagi 
korxona, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan tadbirkorlik ob‘ektlariga uzoq 
muddatga qo‗yiladigan barcha mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklardir. 
Mamlakatda iqtisodiyot rivojlangani sari investitsiya faoliyati ham bunga 
to‗g‗ri proporsional ravishda rivojlanadi. Aholi hamda xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlar o‗zida jamg‗arilgan daromadlarini foyda olish maqsadida investitsiyaga 
yo‗naltirishadi. Buning natijasida iqtisodiy o‗sish jadallashadi hamda o‗sha 
hududda yaratilgan mahsulot hajmi ortib boradi. 
Jahon amaliyotida investitsiyalashning uchta asosiy shakli ajratib 
ko‗rsatiladi: 
 to‗g‗ri (real) - kapitalni shakllantiruvchi investitsiyalar; 
 portfel (moliyaviy) - investitsiyalar;
 intellektual (aqliy) - nomoddiy investitsiyalar
15

O‗zbekistonda esa investitsiyalar ikkita turga ajratiladi. Ya‘ni: real va 
portfeli investitsiyalarga
16
.
Real (kapital hosil qiluvchi) investitsiyalar bu - real aktivlarga qo‗yilmalar, 
ya‘ni asosiy fondlar yoki aylanma aktivlarni oshirish maqsadida yangi korxona, 
ishlab chiqarish, texnologik liniyalar, turli xildagi ijtimoiy-madaniy xizmat 
ko‗rsatish va ishlab chiqarish ob‘ektlari qurish yoki mavjudlarini qayta ta‘mirlash, 
texnik qayta jihozlashga qo‗yilmalardir.
Portfelli investitsiyalar bu – davlat, korxonalar, banklar, investitsion fondlar, 
sug‗urta va boshqa kompaniyalarning qimmatli qog‗ozlarini sotib olishga 

15
Лоренс Дж. Гитман, Майкл Д. Джонк. Основи инвестирование.-М.: ―Дело‖, 1997. Стр. 10



Download 1,06 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish