619
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning
nisbiy narxidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat
tovarlariga almashishi mumkin boʻlgan nisbatni koʻrsatadi, shu tufayli
u savdo sharoiti deb ham yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari oʻrtasidagi
nisbat quyidagi
koʻrinishga ega.
Er = En x R d / R t
Bu yerda : Er — real valyuta kursi;
En – nominal valyuta kursi ;
Rd – milliy valyutada koʻrsatilgan ichki narxlar darajasi (indeksi);
Rt – xorijiy valyutada koʻrsatilgan chet eldagi narxlar darajasi
(indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi narxlar darajasi (indeksi) bir xil bazis
yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining koʻtarilishi yoki
pasayishi bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi
yoki oshganligini anglatadi. Umuman valyuta kursi tovarlar,
xizmatlar, kapital va ishchi kuchlarning
mamlakatlararo harakatini
oʻziga xos boshqarib turuvchisi hisoblanib, uni oʻzgarib turishi
mamlakatning
tashqi
iqtisodiy
aloqalariga
hamda
butun
makroiqtisodiy vaziyatga kuchli ta’sir qiladi. Bu ta’sirni shunday
vaziyat misolida koʻrib chiqish mumkin. Masalan, oʻzbek soʻmining
kursi 1 AQSh dollariga nisbatan 2000 soʻmdan 2200 soʻmgacha
pasaygan
boʻlsin,
ya’ni, soʻm AQSh dollariga nisbatan
arzonlashgan
va aksincha, AQSh dollari soʻmga nisbatan
qimmatlashgan boʻlsin. Bunday holatda mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan 100000 soʻmlik qiymatga ega boʻlgan tovar AQSh
bozorida arzonlashib boradi va endi bu tovar 50 dollar
(100000/2000x1) emas, balki 45,5 dollar turadi (100000/2200x1).
Natijada, tovarning raqobatga chidamliligi orta boradi va unga boʻlgan
talab oshadi, eksport ragʻbatlantiriladi. Biroq
milliy valyutani AQShga
chiqarish Oʻzbekiston uchun foydali boʻlmay qoladi. AQShda ishlab
chiqarilgan 10 dollarlik mahsulot endi oʻzbek soʻmi kursining pasayishi
va AQSh dollari kursining qimmatlashuvi natijasida oʻzbek bozorida
620
20000 soʻm (10 x 2000/ 1) emas, balki 22000 soʻm (2200x10/1) turadi.
Koʻrinib turibdiki, mahsulot narxi qimmatlashadi va shu sababli uni olib
kelish qisqarib boradi va aksincha, oʻzbek soʻmi kursi oshib borishi
bilan AQShdan tovar olib kelish va kapitalni chetga chiqarish foydali
boʻladi.
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga koʻra
valyuta kursi doimo
turli mamlakatlarda narxlar darajasining oʻzgarishi natijasida kelib
chiqadigan farqni qoplash uchun zarur boʻlgan darajada oʻzgaradi.
Ya’ni:
Pt
Pd
r
Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi;
Rd — ichki narxlar darajasi;
Rt — chet eldagi narxlar darajasi.
Biz xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasini real almashtirish kursi
modelida ifodalashimiz mumkin. Xalqaro olib sotarlarning tez harakatlari
shuni koʻrsatyaptiki, sof eksport har qanday oʻzgarishlar natijasida tez
oʻzgaradi. Milliy tovarlar narxining chet tovarlarga nisbatan kamayishi
yoki boshqacha aytganda real almashtirish
kurslarining pasayishi, olib
sotarlarni oʻz mamlakatidan tovarlarni sotib olib, chetga sotishga undaydi,
yoki, aksincha. Valyuta kurslari milliy iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va
undagi bandlikka sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Milliy valyutalar
kursining pasayishi mamlakatlar eksport imkoniyatini oshiradi. Ammo
mamlakat eksporti xomashyo tovarlari importiga asoslansa, bunda
valyutalar kursining pasayishi eksport qilinadigan tovarlar narxining
oʻsishiga olib keladi va bu ularning raqobatga layoqatliligiga ta’sir
koʻrsatishi mumkin. Valyuta kurslarining
oshishi mamlakatlar eksport
imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi
iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Uning tebranishi xalqaro
bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini koʻpaytiradi. Shu sababli
valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga
solishning muhim obyekti hisoblanadi.
Shunday qilib, sof eksport egri chizigʻi real almashtirish kursiga
nisbatan yanada qiyalashadi. Ya’ni, turli
mamlakatlar valyutalarining
621
xarid qobiliyatini tenglashtiradi, real almashtirish kurslaridagi har qanday
oʻzgarishlar esa sof eksport miqdorida oʻzgarishlarga olib keladi.