Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
 
XXXI BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA VALYUTA
KURSI SIYOSATI 
 
31.1. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi. 
Xalqaro valyuta munosabatlari pulning xalqaro toʻlov jarayoniga 
xizmat qilishi jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga 
paydo boʻldi va rivojlanishning uzoq yoʻlini bosib oʻtdi. Tarix davomida 
jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari oʻzgardi. Bir vaqtda valyuta 
munosabatlari ahamiyati oʻsdi va ularning nisbatan mustaqil darajasi 
oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati 
mamlakatdan mamlakatga koʻchadigan pul massasalari oqimi yordamida 
amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valyuta 
tizimi va jahon valyuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi. 
Valyuta – keng ma’noda mamlakat pul birligi (masalan, soʻm, dollar, 
funt-sterling va hokazo)ni anglatadi. Qisqa ma’noda valyuta atamasi 
chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qoʻllaniladi. Har bir milliy 
bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega. 
Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida 
tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan 
xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli boʻlgan jahon 
valyuta tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar oʻrtasida tovar va xizmatlar oqimi koʻpaygani sari pul 
vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, oʻzaro hisob-
kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bularning 
barchasi jahon valyuta tizimining barpo etilishiga obyektiv shart-
sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi – mamlakatlar oʻrtasidagi barcha 
turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek,
bu ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valyuta
tizimi – bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga 
va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar 
oʻrtasidagi valyuta munosabatlarining yigʻindisidir. Xalqaro iqtisodiy 


612 
munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni oʻz ichiga 
oladi:
1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan toʻlov va kredit vositalarini 
(oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari, xalqaro pul 
birliklari);
2. Valyuta kurslarini oʻrnatish va saqlab turish mexanizmini; 
3. Valyuta bozorining ishlash tartibini; 
4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini; 
5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini; 
6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta 
tizimining barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi 
(Xalqaro valyuta fondi, Umumjahon banki, Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki). 
Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan 
uch xil koʻrinishdagi pul vositalari ishlatiladi: 
- oltin, hozirda oʻzining asosiy toʻlov va hisob-kitob vositasi 
xususiyatini yoʻqotgan boʻlsada, ammo koʻpchilik valyuta zaxiralarining 
sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo opyeratsiyalariga 
xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi; 
- jahonda asosiy oʻrin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning milliy 
valyutalari (AQSh dollari, YEVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya 
ienasi va boshqalar); 
- xalqaro pul birliklari.
Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR 
misol boʻla oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo 
operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va 
investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga, shuningdek, 
mamlakat valyuta zaxiralarini yaratishda qoʻllaniladi. 
Xalqaro valyuta yoki xalqaro toʻlov-hisob va kreditlash vositalariga 
javob berishi kerak boʻlgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. 
Valyuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga 
almashish 
qobiliyati 
tushiniladi. 
Hozirgi 
paytda 
ular 
erkin 
konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan 
valyutalarga ajratiladi.


613 
Erkin konvertirlanadigan valyuta – bu, amaldagi kurs boʻyicha har 
qanday boshqa xorijiy valyuta erkin va cheklanmagan miqdorda 
ayirboshlanadigan valyutadir. Bunga misol qilib AQSh, Yevropa 
hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valyutalarini kiritish 
mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valyuta – bu, faqat ba’zi xorijiy 
valyutalarga almashtiriladigan va xalqaro toʻlov oborotini qisman 
qamrab oladigan milliy valyutadir.
Konvertirlanmaydigan valyuta – bu, faqatgina ichki toʻlovlarga 
xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy 
valyutadir. 
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish 
mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida 
xorijiy valyutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim 
operatsiyalarni olib borishi imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi 
konvertirlashda xorijda toʻlovlarni amalga oshirishga va moliyaviy 
aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash 
koʻpgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim 
maqsadi hisoblanadi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish