• Xorijiy valyuta bozori
  •  Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet299/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    31.3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar. 
    Barcha xalqaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orqali olib 
    borilishi tufayli har qanday ayirboshlashda boʻlgani kabi valyuta 
    bahosini yoki valyuta kursini aniqlash zaruriyati paydo boʻladi. Shunday 
    qilib, valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa 
    mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini 
    oʻrnatish kotirovkalash deb ataladi. U toʻgʻri va teskari kotirovkalashga 
    ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada 
    koʻrsatilsa, bunga toʻgʻri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh 
    dollari 975 soʻmga, 1 Rossiya rubli 32 soʻmga teng va hokazo. Teskari 
    kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga toʻgʻri keladigan xorijiy 
    valyutaning miqdori oʻrnatiladi. Masalan, 1 oʻzbek soʻmi 0,001025 
    AQSh dollariga toʻgʻri keladi. Dunyoning koʻp mamlakatlarida, shu 
    jumladan, Oʻzbekistonda ham toʻgʻri kotirovkalash qabul qilingan. 
    Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning 
    bahosi yoki kursi aniqlanadi. Oʻzbek soʻmining kursi Oʻzbekiston 
    valyuta 
    birjasida 
    oʻrnatiladi, 
    uning 
    ishtirokchilari 
    valyuta 
    operatsiyalarini olib borish huquqiga ega boʻlgan banklar hisoblanadi. 
    Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini oʻrnatish 
    jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir 
    kuchiga bogʻliq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq 
    qiluvchi ikki varianti mavjud. 
    1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin 
    suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi. 
    2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan 
    valyuta kursi tizimi. 
    Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida 
    aniqlanadi. Masalan, bir oʻzbek soʻmining AQSh dollariga almashishini 
    qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga 
    talab kamayadi va taklif esa oshadi (17.1- rasm).
    Dollarga boʻlgan talabning kamayishi D toʻgʻri chizigʻida berilgan. 
    Bu shuni koʻrsatadiki, agarda dollar oʻzbekistonliklar uchun arzon 


    616 
    boʻlsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon boʻladi va bu, oʻz 
    navbatida, ularning amerika tovarlariga boʻlgan talabini oshiradi. 

    D S 


    1
    0 Dollarning qiymati S 
    31.1-rasm. Xorijiy valyuta bozori 
    Dollarning taklifi (S) kamaysa, soʻmda belgilangan dollarning 
    qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan soʻmning qiymati pasayadi). 
    Bunday vaziyatlarda amerikaliklar koʻproq oʻzbek tovarlarini sotib olish 
    imkoniyatiga ega boʻladi. Chunki, soʻmning dollarga nisbatan qiymati 
    pasaysa, u oʻz navbatida oʻzbek tovarlarining narxi ham pasayganini 
    bildiradi va oqibatda koʻproq oʻzbek tovarlarini sotib olish imkoni 
    paydo boʻladi. 
    Oʻzbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini 
    valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, oʻzbek tovarlarini sotib olish 
    uchun dollarni soʻmga almashtirishadi. Dollarga boʻlgan talab va 
    taklifning kesishgan nuqtasi dollarning soʻmdagi qiymatini bildiradi. 
    Agarda, dollarning soʻmdagi qiymati oshsa, soʻm qiymatining 
    pasayganligini yoki qadrsizlanganligini koʻrsatadi. Aksincha, agarda 
    dollarning soʻmdagi qiymati pasaysa, soʻm qiymatining oshganligini 
    yoki soʻmning qimmatlashganligini koʻrsatadi. Bir birlik xorijiy 
    valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish 
    milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan 
    soʻm qadrsizlansa, dollar soʻmga nisbatan qimmatlashadi. 
    Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, 
    davlat tomonidan rasmiy oʻrnatilgan milliy pul birligining bahosi boʻlib, 
    unga valyuta bozorida talab va taklifning oʻzgarishi bevosita ta’sir 
    qilmaydi.


    617 
    Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, 
    undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bogʻliq boʻlgan tahlika 
    va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qoʻllash 
    oʻzaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga 
    olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga 
    layoqatliligi oʻzaro aloqalar jarayonidagi ikki sharoitga bogʻliq: 
    - zaxiralarning mavjudligi; 
    - oʻz hajmi boʻyicha sezilarsiz kamyoblik yoki toʻlov balansi 
    aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar 
    mamlakat zaxiralarini yoʻqqa chiqarishi mumkin.
    Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri 
    ostida shakllanish darajasi, oʻz-oʻzicha kurslar oʻrtasidagi nisbatlarga 
    ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el 
    valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi 
    ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki 
    bilvosita ta’sir koʻrsatadi. 
    Valyuta kurslarining oʻzgarishiga bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi. 
    Ularni qisqacha qarab chiqamiz: 
    1. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan 
    oʻzgarishi. 
    2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy oʻzgarishlar. 
    3. Bahodagi nisbiy oʻzgarishlar.
    4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani 
    quvib oʻtish maqsadida “qimmat pul” siyosatini amalga oshira 
    boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga 
    olib oʻzgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda 
    boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda koʻtariladi. 
    Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh 
    moliyaviy vositalarni qoʻyish uchun juda jozibador va qulay joyga 
    aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu koʻpayishi
    Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati 
    oʻsganligini bildiradi. 
    5. Spekulyatsiya.


    618 
    Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha koʻtarilishi
    toʻgʻrisidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni 
    funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga boʻlgan talabni 
    oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining 
    oshishini keltirib chiqaradi. 
    Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan 
    chiqishning yagona yoʻlidir. 
    Valyuta bozori, depozitlar (qoʻyilmalar) va qimmatbaho qogʻozlar 
    bozori bilan bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy 
    ahamiyatga ega. Agarda, foiz me’yorlari baholar oʻsishini qoplasa, 
    mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil qilishsa, jamgʻarma 
    bozori valyuta bozoriga asosiy raqobatchi boʻlishi mumkin. Koʻpgina 
    mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum boʻlganki, 
    depozitlar va qimmatbaho qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar oʻsishi 
    bilan, valyuta bozorlariga iste’molchilar tomonidan boʻladigan ta’sir 
    oʻz-oʻzidan kamayadi. 
    Sarmoyachilar qanday qilib boʻlsa ham oʻzlarining vaqtincha boʻsh 
    turgan resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat oʻz 
    resurslaridan, balki xorij aktivlaridan ham foydalanish yoʻllarini 
    izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining asosiy qismini kapital 
    aktivlar tashkil etadi. 
    Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valyuta kursining 
    oshishiga olib keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu 
    mamlakat depozitiga oʻz sarmoyalarini qoʻyishni xohlovchilar uchun 
    ularning valyutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan koʻra 
    qimmatliroq boʻladi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish