Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)
#1, Azambek Kurs ishi, dogdyrbay AUES, Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish-fayllar.org, 7, Underground railways , 100 ichida sonlarni ayirish, 823 @uqituvchiga hujjat, 3-Mavzu Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning , MUSULMONOVA NAZIRA, Reja Kirish Fiskal siyosat tushunchasi, uning maqsadlari va vosi, Bekmirzaeva L, ИШПРВС, Mustaqil ish
 
 
KIRISH 
 
Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan 
oʻzgarishlar yetishib chiqayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga 
javob beradigan darajada boʻlishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu 
iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat 
kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy 
taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan iqtisodiy fanlar muhim oʻrin tutadi. 
2017–2021-yillarda 
Oʻzbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirishning 
Harakatlar 
strategiyasidagi 
beshta 
ustuvor 
yoʻnalishlarda koʻzda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga 
qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali 
qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini 
chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor 
mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat 
jihatidan 
yangi 
bosqichga 
oʻtkazish orqali sanoatni yanada 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun 
samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va 
xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, 
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, 
shu 
asosda 
ichki 
va 
tashqi 
bozorlarda 
milliy 
tovarlarning 
raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni 
ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol 
tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo 
sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar 
sarfini 
kamaytirish, 
ishlab 
chiqarishga 
energiya 
tejaydigan 
texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya 
manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida 
mehnat unumdorligini oshirish
1
kabi vazifalar belgilangan boʻlib, bu 
1
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha 
HARAKATLAR STRATEGIYASI 



vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish koʻp jihatdan mamlakatimiz 
milliy iqtisodiyotining birlamchi boʻgʻini hisoblangan firmalar faoliyati, 
iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari 
holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish 
omillaridan samarali foydalanish yoʻllarini oʻrganish kabi jarayonlarni 
tadqiq qilishga bogʻliqdir. 
Shunday 
jarayonlarni 
tadqiq 
qiluvchi 
fan 
sifatida 
“Mikroiqtisodiyot” fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan 
xususiyatlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 
va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar, qoidalar va xulosalarni 
puxta oʻzlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari 
hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni oʻrganish oldida turgan 
asosiy vazifalaridan biridir 
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanini oʻqitishning maqsadi 
bakalavriat yoʻnalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda alohida firmalar 
faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar 
bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinamikasini 
qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bogʻliq siyosatini 
muvofiqlashtirgan holda qoʻllash va bu boradagi strategiyani toʻgʻri 
asoslay olish koʻnikmasini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur oʻquv 
qoʻllanma talabalarga mikroiqtisodiyotdan turli mavzular, ularga oid 
masalalarni hal etish uchun koʻnikmalarni shakllantirishda muhim 
ahamiyatga egadir.
Bu 
oʻquv qoʻllanmani tayyorlashda jahonnning yetakchi 
universitetlarida keng miqyosda foydalanib kelinayotgan adabiyotlar 
G.Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N.Gregory Mankiw 
“Principles of Microeconomics”) hamda R.Pindayk va Rubinfeldning 
“Mikroiqtisodiyot” kitobidan foydalanilgan va ulardagi asosiy mavzular 
ushbu oʻquv qoʻllanmaning asosini tashkil etgan. Mazkur oʻquv 
qoʻllanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, dars olib boruvchi 
professor-oʻqituvchilar foydalanishlari mumkin

Download 7,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish