Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)
#1, Azambek Kurs ishi, dogdyrbay AUES, Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish-fayllar.org, 7, Underground railways , 100 ichida sonlarni ayirish, 823 @uqituvchiga hujjat, 3-Mavzu Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning , MUSULMONOVA NAZIRA, Reja Kirish Fiskal siyosat tushunchasi, uning maqsadlari va vosi, Bekmirzaeva L, ИШПРВС, Mustaqil ish
1.3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyati 
Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy 
xoʻjaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.
Amalda bizning asosiy maqsadlarimizdan biri xoʻjalikka oid 
qarorlarga kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari 
qoʻllanishini 
koʻrsatishdan 
iborat. 
Mikroiqtisodiyotning 
amalda 
qoʻllanishini koʻrsatuvchi jahon amaliyotida yuz bergan misolni 
keltiramiz. 
Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985-yilning oxirida 
«Ford» kompaniyasi oldingi gʻildiraklari tortadigan va samarali 
aerodinamik shaklga ega boʻlgan «Tauras» nomli yangi avtomobil 
modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta muvaffaqiyatga ega boʻldi 
va 1987-yilga kelib «Ford» kompaniyasi foydasini deyarli 2 marta 
koʻpaytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi 
muhandislik tafakkurining eng yangi yutuqlarini qoʻllash bilan bogʻliq 
edi, u ancha-muncha iqtisodiy masalalarga ham daxldor boʻldi. Firma 
menejerlari yangi dizayn xaridorlar tomonidan qanday ma’qullanishini 
tushunib yetishlari kerak edi. Iste’molchilarni mashinaning texnik 
tavsiflari va tashqi koʻrinishi qoniqtiradimi? Dastlabki talab qancha 
boʻladi, u vaqt oʻtishi bilan qanday oʻzgaradi va bunga avtomobilning 
narxiga qanday ta’sir koʻrsatadi? Iste’molchilarning talab-ehtiyojini 
oʻrganish, yangi mashinaga boʻlgan talabni prognozlash, mashina narxi 
oʻzgarganda unga talabning oʻzgarishi «Tauras» dasturining muhim 
qismini tashkil etdi. Soʻng «Ford» model qiymatini belgilashi kerak edi: 
ishlab chiqarish xarajatlari va ularning yiliga qancha mashina 
chiqarilishiga qarab oʻzgarishini aniqlash zarur edi. Shuningdek, kasaba 
uyushmasi bilan ish haqining miqdori toʻgʻrisidagi muzokaralar natijasi, 


11 
poʻlat va boshqa xomashyolar narxi ham hisobga olinishi kerak edi. 
Ishlab chiqarishda tajriba koʻpaygan sari ishlab chiqarish xarajatlarining 
pasayish miqdori va tezligini ham tahlil etishga toʻgʻri keldi. Bu 
ma’lumotlar maksimal foydani qanday olish mumkin, buning uchun 
yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan 
savollarga javob topish talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish 
strategiyasini 
ishlab 
chiqishi 
kerak 
edi, 
bundan 
tashqari 
raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob berishini ham chamalab 
koʻrishiga toʻgʻri kelar edi. Masalan, mashinaning dastlabki 
«yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik 
boshqarish tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga 
esa yuqori narx qoʻyish kerakmi? Yoki mashinalarni «standart» qilib 
ishlab chiqarish va ularning jamiga ancha yuqori narx belgilash yanada 
qulay boʻladimi? Bunga JM («Jeneral motors) va «Kraysler» kabi 
raqobatchilar «Ford» qoʻygan narxdan qatʼiy nazar, qanday javob 
qaytaradilar? JM va «Kraysler» oʻz mashinalari narxini tushirish orqali 
«Ford» ham narxni tushirishga majbur etadimi? «Ford»ning ham narxni 
pasaytirishga harakat qilishi xavfi JM va «Kraysler»ning narxlarni 
pasaytirishdan tiyib tura oladimi? «Tauras» dasturi yangi ishlab 
chiqarish uskunalariga katta kapital qoʻyishni talab qilgan, kompaniya 
esa bu bilan bogʻliq riskka va uning kutilayotgan oqibatlariga baho 
berishi zarur edi. Riskning bir qismi benzinning boʻlgʻusi narxi aniq 
boʻlmasligi bilan (benzinning yuqori narxi kam litrajli mashinalarga 
talabni oshirib yuboradi), riskning boshqa qismi esa firma ishchilariga 
beriladigan ish haqi miqdorining aniq boʻlmasligi bilan bogʻliq edi. Agar 
neftning jahon bozoridagi narxi 2-3 marta oshsa yoki hukumat benzinga 
yangi soliq joriy etsa nima boʻladi? Kasaba uyushmalari ish haqi 
toʻgʻrisidagi muzokaralarda naqadar kuchlilik qiladi va bu ish haqi 
miqdoriga qanday ta’sir etadi? 
Kapital qoʻyish haqida qarorga kelinganda bu savollarga 
javoblarning noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» 
birlashgan firma boʻlib ma’lum tashkiliy muammolarni ham hal etishi 
kerak edi, chunki uning bir boʻlinmasi mashina ayrim qismlarini ishlab 
chiqaradi, boshqalari esa yigʻish bilan shugʻullanadi. Turli boʻlinmalar 


12 
menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. Avtomobilni yigʻuvchi 
boʻlinmalar boshqa boʻlinmalardan oladigan dvigatellarga qanday narx 
qoʻyishi lozim. Hamma detal va qismlarni oʻz zavodlaridan olish 
kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, 
«Ford» oʻz faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning 
talablarini hisobga olishi kerak. Masalan, avtomobilning yangi modeli 
tashqi muhitga chiqaradigan gazlar federal me’yor, eng koʻp deganda, 
yoʻl qoʻyilgan darajadagi konsentratsiya talabiga javob berishi zarur 
boʻladi, mashinalarni uzluksiz yigʻib borish esa xavfsizlik texnikasi va 
mehnatni muhofaza qilish qonunlariga mos kelishi kerak edi. Mazkur 
qoida va me’yorlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishining eng koʻp ehtimoli 
qanday? Bular kompaniyaning xarajatlari va daromadlariga qanday 
ta’sir eta oladi?
3

Download 7,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish