Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)
#1, Azambek Kurs ishi, dogdyrbay AUES, Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish-fayllar.org, 7, Underground railways , 100 ichida sonlarni ayirish, 823 @uqituvchiga hujjat, 3-Mavzu Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning , MUSULMONOVA NAZIRA, Reja Kirish Fiskal siyosat tushunchasi, uning maqsadlari va vosi, Bekmirzaeva L, ИШПРВС, Mustaqil ish
 
 
 
 
1.1-chizma. Muvofiqlashtirishning bozor mexanizmi 
Modeldan 
foydalanishning 
afzalligi 
shundan 
iboratki, 

muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda 
ikki turdagi oʻzgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen 
oʻzgaruvchilar tashqi oʻzgaruvchilar boʻlib, ular oldindan beriladi va 
modelga kiritiladi. Endogen oʻzgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar 
asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga 
boʻlinadi: uy xoʻjaliklari va firmalar. Uy xoʻjaliklari oʻz resurslarini 
(ishchi kuchi, kapital va yerni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu 
daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. 
Firmalar oʻzlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan 
daromadni uy xoʻjaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar. 
Koʻrinib turibdiki, haqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, 
demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xoʻjaliklari hal 
qiladi. Uy xoʻjaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish 
rejalarini tuzish uchun asos boʻlishi kerak. Firmalar, oʻz navbatida
noyob 
resurslardan 
foydalanish 
qarorlarini 
bir-biri 
bilan 
muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xoʻjaliklari iste’mol qilish uchun 
rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish 
boʻyicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak boʻladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal 
qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori. 
Firmalar 
Resurslar 
bozori 
Uy xoʻjaliklari 
bozori 
Isteʼmol 
neʼmatlari bozori 


16 
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xoʻjaliklari 
sektori oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. 
Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi boʻyicha oʻzaro 
munosabatda boʻlsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan 
tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi boʻyicha 
oʻzaro munosabatda boʻlsalar model sotiladigan resurslar narxini va 
miqdorini aniqlaydi. 
Har bir bozor oʻzining ikkita qaror qabul qiluvchi subyektiga ega: 
sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning 
muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori 
bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida
uy xoʻjaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni 
muvofiqlashtirish uchun muhim axborot boʻlib hisoblanadi. Bunday 
axborot bir vaqtning oʻzida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash 
muammosini yechish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non 
narxining oshishi – xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash 
toʻgʻrisida signal boʻlsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish 
va non bozoridagi muvozanatni tiklash toʻgʻrisida muhim axborot boʻlib 
xizmat qiladi. 
Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, 
ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga 
undaydi. Narx yer, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. 
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. 
Muvofiqlashtirish masalasi bilan bogʻliq xarajatlarga tranzaksion 
xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar qarorlarini vaqt boʻyicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi 
ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bogʻliqdir. 
Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari toʻgʻrisida 
tasavvurga ega boʻlishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi 
toʻgʻrisida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar 
bunday narx axborotlariga koʻra, oʻzlarining joriy xoʻjalik rejalarini 
qayta koʻrib chiqadilar va oʻzlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga 
soladilar. 


17 

Download 7,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish