• Muzqaymoq narxi Rasm Talab egri chizig’i Muzqaymoq miqdori
  • Muzqaymoq narxi Muzqaymoq miqdori Talab grafigi va talab egri chizig’i
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    2.2.Talab 
    Biz bozorlarni oʻrganishni xaridorlarning oʻzini tutishini oʻrganib 
    chiqishdan boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz. 
    Talab egri chizigʻi: narx va talab miqdorining oʻzaro bogʻliqligi 
     
    Har bir tovarni talab miqdori – bu xaridorlar xohlagan va sotib 
    olishi mumkin boʻlgan tovarlar sonidir. Biz koʻrishimiz mumkinki, talab 
    miqdori koʻp omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil 
    qilganda shuni bilishimiz mumkinki faqat bitta omil – tovarning narxi 
    Muzqaymoq 
    narxi 
    Rasm 
    Talab egri chizig’i 
    Muzqaymoq 
    miqdori 
    Talab qilingan 
    miqdorning ortishi 
    Talab grafigi – bu har bir narxda boʻlgan talabning hajmini koʻrsatuvchi jadval. Talab 
    egri chizigʻi narxning oʻzgarishidagi talabning hajmi oʻzgarishini koʻrsatadi. Past narx 
    talabning hajmini koʻpayishiga olib keladi, demak talab egri chizigʻi pastga qarab 
    ketadi.
    Muzqaymoq 
    narxi 
    Muzqaymoq 
    miqdori 
    Talab grafigi va talab 
    egri chizig’i 
    Narxning 
    tushishi 


    21 
    hal qiluvchi oʻrin tutadi. Agar bitta pufakning narxi 20$ gacha koʻtarilsa, 
    siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar pufakning narxi 
    0.20$gacha tushib ketsa, siz koʻproq pufakchalarni xarid qilasiz.
    Iqtisodiyotda koʻp tovarlar uchun narx va talab miqdorining oʻzaro 
    munosabati haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar 
    buni talab qonuni deb ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning 
    narxi koʻtarilsa unga boʻlgan talab miqdori kamayadi, va aksincha
    tovarning narxi tushganda unga boʻlgan talab miqdori koʻpayadi. 
    Birinchi rasmda Katerina har oyda nechta muzqaymoq va 
    qanday narxda sotib olishi koʻrsatilgan. Agar muzqaymoq tekin boʻlsa, 
    Katerina oyiga 12 ta muzqaymoq yeydi. Muzqaymoqning narxi 0.50$ 
    boʻlsa, Katerina oyiga 10ta muzqaymoq iste’mol qiladi. Narxni 
    koʻtarilishiga qaragan holda u borgan sari kam muzqaymoq sotib oladi. 
    Narx 3.00$ yetgan zahoti Katerina muzqaymoqni xarid qilishni 
    toʻxtatadi. Bu rasm talab grafigini, ya’ni boshqa omillar ta’sirida 
    boʻlmagan tovarning narxi va talab miqdori oʻzaro munosabatini 
    koʻrsatadi. 
    Birinchi rasmda talab qonunini namoyon qilish uchun jadvaldan 
    olingan sonlar ishlatiladi. Shartli ravishda, muzqaymoq narxi vertikal 
    oʻqida koʻrsatiladi, talab miqdori esa gorizontal oʻqida koʻrsatiladi. 
    Pastga qarab ketayotgan chiziq narxni va talab miqdorini oʻzaro 
    bogʻlaydi va u talab egri chizigʻi deb nomlanadi.

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish