Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)
#1, Azambek Kurs ishi, dogdyrbay AUES, Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish-fayllar.org, 7, Underground railways , 100 ichida sonlarni ayirish, 823 @uqituvchiga hujjat, 3-Mavzu Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning , MUSULMONOVA NAZIRA, Reja Kirish Fiskal siyosat tushunchasi, uning maqsadlari va vosi, Bekmirzaeva L, ИШПРВС, Mustaqil ish
Raqobat nima? 
Muzqaymoq savdosi, iqtisodiyotdagi koʻpchilik bozorlarga oʻxshab, 
yuqori raqobat qobiliyatiga ega. Har bir xaridor bir necha sotuvchilar 
ichidan tanlash mumkinligini biladi va har bir sotuvchi uning mahsuloti 
boshqa sotuvchilarning mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi. 
4
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 
kitobining IV bobi asosida tayyorlangan
.
65-88 bet


19 
Natijada, har bir muzqaymoq narxi va soni birgina xaridor yoki sotuvchi 
bilan aniqlanmaydi. Aksincha, har bir muzqaymoq narxi va soni barcha 
sotuvchilar va xaridorlarning oʻzaro ta’siri bilan aniqlanadi.
Iqtisodchilar raqobatdosh bozor iborasini oʻzida koʻplab sotuvchi 
va xaridorlarni jamlagan bozorni tavsif etish uchun ishlatadilar. Har 
bir sotuvchining narx bilan nazorat qilishi cheklangan, chunki boshqa
sotuvchilar ham shunga oʻxshash boʻlgan mahsulot bilan savdo 
qilishadi. Sotuvchida narxni pasaytirishga asosli sabab yoʻq, ammo u 
kishi narxni birdan koʻtarsa, xaridorlar mahsulotni boshqa joyda xarid 
qiladilar. Taqqoslab aytganda, biron-bir xaridor narxga oʻz ta’sirini 
koʻrsata olmaydi, chunki ulardan har biri arzimas sonda mahsulotni 
xarid qiladi.
Bu bobda biz shartli ravishda barcha bozorlarni raqobatdosh deb 
hisoblaymiz. Bu yuqori shaklga erishish uchun bozor ikkita xususiyatga 
ega boʻlishi kerak: 1) savdoga taklif qilingan mahsulotlar bir xil boʻlishi 
shart; 2) sotuvchi va xaridorlarni soni shunchalik koʻp boʻlishi kerakki, 
ular narxga hech qanday ta’sir koʻrsatishlari kerak emas. Har bir 
sotuvchi va xaridor mutlaqo raqobatdosh bozor oʻrnatgan narxni qabul 
qilishga 
majbur 
boʻlgani 
uchun, 
ular 
narxga 
oʻz ta’sirini 
koʻrsatmaydigan, iqtisodiyot subyektlari deb koʻriladi. Bozor narxiga 
xaridorlar xohlagan narsasini sotib oladilar, sotuvchilar esa xohlagan 
narsasini sotadilar. 
Ba’zi bir bozorlarni mutlaqo raqobatdosh deb hisoblash maqsadga 
muvofiqdir. Masalan, bozorda minglab bugʻdoy sotuvchilari va uning 
minglab xaridorlari mavjud. Ular jiddiy ravishda narxga oʻz ta’sirini 
koʻrsatmasligini hisobga olgan holda, bozorning har bir ishtirokchisi 
narxni qanday boʻlsa shundayligicha qabul qilishga majbur. 
Ammo, barcha tovar va xizmatlar ham raqobatdosh bozor sharoitda 
sotilmaydi. Ba’zi bozorlarda faqat bitta sotuvchi mavjud va u narxni 
aniqlaydi. Bunday sotuvchi monopolist deb nomlanadi. Misol uchun
sizning mahalliy kabel telekompaniyasi monopolist boʻlishi mumkin. 
Sizning shahringizda istiqomat qiluvchilar shu xizmatni taqdim 
qiladigan faqat bitta kabel telekompaniyasi mavjud boʻlgani uchun uni 


20 
tanlashlari mumkin. Lekin boshqa bozorlar mutlaqo raqobatdosh bozor 
va monopoliya orasida joylashgan. 
Dunyo bozorlari koʻp koʻrinishga ega boʻlganiga qaramay, barcha 
bozorlarni 
mutlaqo 
raqobatdosh 
bozor 
deb 
hisoblash 
qulay 
soddalashtirishdir. Mutlaqo raqobatdosh bozorni tahlil qilish osondir, 
chunki uning har bir ishtirokchisi bozor sharoitida narxni qanday 
shakllantirsa, shunday qabul qiladi. Shuni aytib oʻtish lozimki, har bir 
bozorni qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa boʻladi, shu yoʻlda 
biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni oʻrganishdan kelib 
chiqqan xulosalarni murakkabroq bozorlarga ham qoʻllashimiz mumkin.

Download 7,53 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish