23
talab egri chizigʻini koʻtaradi. Har bir
paytdagi narxda xaridorlar
koʻproq muzqaymoqni sotib olishni xohlaydilar,
va shu yol bilan talab
egri chizigʻi siljiydi.
3-rasmda talab egri chizigʻi siljishi aks ettirilgan. Har bir narxdagi
talabni koʻpaytiradigan har qanaqa oʻzgarish,
masalan Amerikalik
Tibbiyot assotsatsiyasining kashfiyoti, talab egri chizigʻini oʻng
tomonga
siljitadi va bunday siljish talabni koʻpayishi deb nomlanadi.
Har bir narxdagi talabni kamaytiradigan har qanaqa oʻzgarish talab egri
chizigʻini chap tomonga siljitadi va bunday siljish
talabni pasayishi deb
nomlanadi.
Talab egri chizigʻiga koʻplab oʻzgaruvchan omillar oʻz ta’sirini
koʻrsatadi. Ulardan eng muhimi shulardir.
Daromad. Agar siz yozda ishingizni yoʻqotsangiz, sizning
muzqaymoqqa boʻlgan talabingiz qanday oʻzgaradi? Umuman olganda u
tushadi. Kam foyda olganda sizning jami sarf-xarajatlaringiz kamayadi.
Shu nuqtayi nazardan sizning yaxshi tovarlarga boʻlgan xarajatingiz
ham kamayadi. Agar daromad tushganda biron-bir mahsulotga boʻlgan
talab tushsa ushbu tovar
odatiy tovar deyiladi.
Barcha tovarlar ham odatiy tovarlar emas. Agar daromad tushganda
biror tovarga boʻlgan
talab oshsa, ushbu tovar
past darajali tovar
deyiladi. Past darajali tovarga misol qilib avtobus chiptasini